Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

Paxtakorda Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi

11 ноябрь 2023 йил
187
0

 Maʼlumki yurtimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, sohaga doir dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir qator soha fidoyilarining mehnatlari eʼtirof etiladi. Erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar sarhisob qilinadi.

Paxtakor tumanida ham sana munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi sektor rahbarlari fidoiy shifokorlar ishtirok etdi. Dastavval tuman hokimi soha vakillariga bayram tabrigi bilan tabrikladi.

Shundan soʻng tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun munosib hissa qoʻshib kelayotgan, chuqur bilim va yuqori malakaga ega bir qator mutaxassislar turli mukofotlar bilan taqdirlandi. Tibbiyot sohasida oʻzidan munosib iz qoldirgan, kasbi yoʻlida namuna koʻrsatgan marhum ustozlar yodga olindi.

Shundan soʻng bayram tadbiri maʼnaviy-maʼrifiy qismga ulanib ketdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар