Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman hokimi А.R.Аshurovning tаbrik soʼzi

14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman hokimi А.R.Аshurovning tаbrik soʼzi

13 январь 2024 йил
84
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Paxtakor tumani hokimi А.R.Аshurovning tаbrik soʼzi

 

Hurmatli zobitlar va askarlar!

Muhtaram ota-onalar hamda tadbir ishtirokchilari!

 

Bugun yurtimizda Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni shodu-xurramlik bilan keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan, Qurolli Kuchlarimizning faxriylarini, bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan zobitlar va askarlarni, tuman mudofaa boʼlimi xodimlarini, shuningdek, harbiy xizmatga borish uchun tayyorgarlik koʼrayotgan vatanparvar yoshlarni hamda tumanimizning barcha aholisini Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Siz azizlarga tuman hokimligi, barcha faollarimiz nomidan eng yaxshi tilak va istaklarimizni yoʼllab, ona Vatanimiz tinchligi, xavfsizligi va farovonligi yoʼlidagi ishlaringizga omadlar tilayman.

 

Hurmatli bayram tadbiri ishtirokchilari!

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 79-sonli farmoyishiga muvofiq “Xalq va armiya - bir tanu bir jon!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik oyligi oʼtkazilmoqda.

Tumanimizda vatanparvarlik oyligi doirasida, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanarvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuygʼusini kamol toptirish, qurolli kuchlarimiz nufuzini yanada oshirishga bagʼishlangan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Jizzax garnizoniga qarashli 59816-sonli harbiy qism, 524-sonli safarbarlik chaqiruv rezervi batalonlari "Vatanparvarlik" oyligi munosabati bilan Paxtakor Madaniyat markazida "Yangi Oʼzbekiston armiyasi –mamlakat qudati, yuksak qudrat va saodat timsolidir!" shiori ostida Vatanparvarlik festivali tashkil etildi.

Festivalda tashkil etilgan harbiy texnika va qurol - aslaxalar koʼrgazmasi barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Shu jarayonda harbiy xizmatda yigitlik burchini oʼtayotgan askarlarning oʼziga ishonib topshirilgan qurollardan samarali foydalanayotgani va safda harbiy yurishlari soʼzsiz xalqimizning harbiylar bilan yakdilligini yana bir bor amalda sinovdan oʼtkazdi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar yoshlarimizning jonajon Oʼzbekistonimizga sadoqatini oshirib, harbiy xizmatga boʼlgan qiziqishini yanada kuchaytiradi.

 

Аziz doʼstlar, mard va jasur Vatan himoyachilari!

 

Keyingi yillarda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli tarixan qisqa davrda Oʼzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir boʼlgan, tezkor va ixcham milliy armiya tashkil etildi.

Jumladan, harbiylarimiz xalqaro harbiy-oʼquv mashgʼulotlari, armiya va sport musobaqalarida dunyodagi yetakchi mamlakatlarning harbiy xizmatchilariga aslo boʼsh kelmasdan, gʼalabaga boʼlgan irodasini yaqqol namoyish etib, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanini isbotlamoqdalar.

Jahonda mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan, axborot makonida turli xavf-xatar va tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi sharoitda barchamiz doimiy ogoh va sezgir, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlishimiz kerak.

Аyniqsa, adashib, yot gʼoyalar taʼsiriga tushgan shaxslar mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni sogʼlom turmush tarziga, toʼgʼri yoʼlga qaytarishda harbiy xizmatchilar davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirishi lozim.

 

Muhtaram bayram tadbiri ishtirokchilari!

 

Yurtboshimizning saʼy-harakatlari bilan ezgu maqsad va marralarga erishishga, xalqimizning tinch mehnati, osoyishta hayotini, yurtimizning musaffo osmonini koʼz qorachigʼidek asrab-avaylashga har tomonlama qodir armiyamiz mavjud.

Taʼkidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati azmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bagʼrikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz.

Biz bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan – oʼzining muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, koʼkda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardast oʼgʼlonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan qoʼrqmas va haqiqiy vatanparvar askar va ofitserlarning ota-onalariga, shuningdek, harbiy hayotning butun quvonch va tashvishlarini turmush oʼrtoqlari bilan baham koʼrib kelayotgan mehribon va sabr toqatli rafiqalariga ulkan minnatdorlik bildiraman.

Biz sizlarning timsolingizda milliy armiyamizga togʼdek tayanch boʼlib turgan buyuk maʼnaviy kuchni koʼramiz. Bugungi ulugʼ ayyomda sizlarning ham Vatanimizning mudofaa qudratini oshirishda munosib hissangiz borligini yana bir bor katta mamnuniyat bilan eʼtirof etamiz.

  

Hurmatli askar va serjantlar!

Qadrli Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va ofitserlari

 

Ushbu qutlugʼ ayyomda fidokorona xizmatlaringizni alohida taʼkidlab, sizlarning faol saʼy-harakatlaringiz bilan Oʼzbekiston armiyasi izchil rivojlanib borayotganini, uning jangovar qobiliyati ortib, mudofaa qudratimiz mustahkamlanayotgani, xalqimizning osoyishta hayoti taʼminlanayotganini yana bir bor yuksak gʼurur bilan eʼtirof etamiz.

Fursatdan foydalanib, ana shunday samarali xizmatlaringiz uchun sizlarga, moʼʼtabar tuprogʼimizni koʼz qorachigʼidek asrab-avaylash yoʼlida olijanob va masʼuliyatli burchini munosib ado etib kelayotgan barcha jasur Vatan himoyachilariga chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Barchangizni Oʼzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli

32 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Sizlarga mustahkam sogʼlik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tilayman.

Jonajon Oʼzbekistonimizga sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon charchamang, mard va jasur Vatan posbonlari!

  

Bayramingiz muborak boʼlsin, aziz Vatan himoyachilari!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар