Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevor

Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevor

16 январь 2024 йил
86
0

 Maʼlumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega boʼlib kelgan. Аmmo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Bugun yangicha fikrlaydigan, oʼz mustaqil dunyoqarashiga ega, yon-atrofida sodir boʼlayotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan yondashuvchi, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalash ustuvor vazifa sanaladi. Davlatimiz bu borada oʼz yoshlarining kelajagi uchun masʼullikni oʼz zimmasiga olib, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun vorislik masalasiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga keng sharoit yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan va hozirgi kunimizga qadar davomlanayotgan islohotlardan maqsad bildirilayotgan ushbu ishonch va eʼtiborga munosib boʼlgan yosh avlodni shakllantirishdan iboratdir. Shu boisdan bugungi kunda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning oʼz imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini roʼyobga chiqarish, hududlardagi uyushmagan yoshlar bilan muntazam shugʼullanish masalalari barchamizning diqqat eʼtiborimizda boʼlmogʼi zarur. Joriy yilga “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili” deb nom berilishini ham aynan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning izchil davomi sifatida anglamogʼimiz lozim. Zero, yoshlar - davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Bugungi kunda keng tarmoqli rivojlanmagan biznessiz esa zamonaviy iqtisodiyotni tasavvur etib boʼlmaydi. Yakuniga yetgan 2023 yil yurtimiz hayotida siyosiy voqealarga boy tafsilotlari bilan tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Mamlakatimizning barcha goʼshalari ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylandi. Raqamlashtirilgan zamonaviy sanoat korxonalari, transport, logistika va infratuzilma obʼektlari, ijtimoiy soha, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar, madaniyat va sport obʼektlari qad rostladi. Аholining ish bilan bandligi masalasi ustuvor darajaga koʼtarilib, yangidan-yangi ish oʼrinlari yaratilib, xalqimizning yashash sharoitlari oʼzgardi. Аyniqsa, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularni har jihatdan qoʼllab-quvvatlash, intilish va tashabbuslarini roʼyobga chiqarish, shu bilan birgalikda ularning bandligi va oʼz tadbirkorliklarini yoʼlga qoʼyishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Oʼz biznesini boshlash istagida yurgan qanchadan-qancha yoshlarga amaliy yordam, keng imkoniyatlar yaratib berildi. Bundan tashqari yoshlar bilan ishlash boʼyicha esa mutlaqo yangi boshqaruv tizimi yaratilib, respublikamizdagi barcha mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali mahallada yoshlarga koʼplab imkoniyatlar yaratilishiga erishildi. Bu esa yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan zamonaviy kasb-hunarga oʼrgatish, ularda biznes va tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, tashabbuslarini roʼyobga chiqarishga ustuvor ahamiyat qaratiladi, yigit-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʼrnini topishi uchun koʼmak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi, deganidir.Har qanday jamiyat rivojida uning kelajagini taʼminlaydigan yosh avlodning sogʼlom va barkamol boʼlib voyaga yetishi hal qiluvchi oʼrin tutadi. Shu bois, har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlar mamlakat tayanchiga aylanadi. Xalqimiz hayotida muhim oʼrin tutgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qoʼyilgani, hech shubhasiz, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, amaliy ishlarimizni yangi bosqichga koʼtarish imkonini bermoqda. Jumladan, asosiy qomusimizning alohida bir bobi oila, bolalar va yoshlar masalasiga bagʼishlangani yurtimizda yoshlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qanchalik eʼtibor qaratilayotganinining yaqqol isbotidir. Bosh qomusimizda davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini qoʼllab-quvvatlashi hamda biznesni rivojlantirish boʼyicha alohida normalar belgilab qoʼyilgan. Yoshlar masalasidagi oldimizga qoʼyilgan vazifalarni oʼz vaqtida, sifatli bajarish orqali biz islohotlar samaradorligi natijasini har bir yoshning hayotida koʼrsatishimiz mumkin boʼladi. Bu bilan yoshlarning davlatimiz tomonidan qilinayotgan gʼamxoʼrliklarni his qilishiga va faol hayotga kirib borishiga erishamiz. Biz hech qachon hech kimdan kam boʼlmaganmiz, kam emasmiz, kam boʼlmaymiz ham! Yoshlar qaysi sohada boʼlmasin, zamonaviy bilimlarni egallashga, ilm-fan choʼqqilarini zabt etishga, eng ilgʼor texnika va texnologiyalarni jilovlashga bel bogʼlar ekan, avvalo, mana shu daьvatga tayanib ish koʼrishi ayni muddaodir.Maʼlumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega boʼlib kelgan. Аmmo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Bugun yangicha fikrlaydigan, oʼz mustaqil dunyoqarashiga ega, yon-atrofida sodir boʼlayotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan yondashuvchi, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yoshlarni tarbiyalash ustuvor vazifa sanaladi. Davlatimiz bu borada oʼz yoshlarining kelajagi uchun masʼullikni oʼz zimmasiga olib, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun vorislik masalasiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga keng sharoit yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan va hozirgi kunimizga qadar davomlanayotgan islohotlardan maqsad bildirilayotgan ushbu ishonch va eʼtiborga munosib boʼlgan yosh avlodni shakllantirishdan iboratdir. Shu boisdan bugungi kunda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning oʼz imkoniyatlaridan keng foydalanishlarini roʼyobga chiqarish, hududlardagi uyushmagan yoshlar bilan muntazam shugʼullanish masalalari barchamizning diqqat eʼtiborimizda boʼlmogʼi zarur. Joriy yilga “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili” deb nom berilishini ham aynan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning izchil davomi sifatida anglamogʼimiz lozim. Zero, yoshlar - davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi hisoblanadi. Bugungi kunda keng tarmoqli rivojlanmagan biznessiz esa zamonaviy iqtisodiyotni tasavvur etib boʼlmaydi. Yakuniga yetgan 2023 yil yurtimiz hayotida siyosiy voqealarga boy tafsilotlari bilan tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Mamlakatimizning barcha goʼshalari ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylandi. Raqamlashtirilgan zamonaviy sanoat korxonalari, transport, logistika va infratuzilma obʼektlari, ijtimoiy soha, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar, madaniyat va sport obʼektlari qad rostladi. Аholining ish bilan bandligi masalasi ustuvor darajaga koʼtarilib, yangidan-yangi ish oʼrinlari yaratilib, xalqimizning yashash sharoitlari oʼzgardi. Аyniqsa, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularni har jihatdan qoʼllab-quvvatlash, intilish va tashabbuslarini roʼyobga chiqarish, shu bilan birgalikda ularning bandligi va oʼz tadbirkorliklarini yoʼlga qoʼyishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Oʼz biznesini boshlash istagida yurgan qanchadan-qancha yoshlarga amaliy yordam, keng imkoniyatlar yaratib berildi. Bundan tashqari yoshlar bilan ishlash boʼyicha esa mutlaqo yangi boshqaruv tizimi yaratilib, respublikamizdagi barcha mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali mahallada yoshlarga koʼplab imkoniyatlar yaratilishiga erishildi. Bu esa yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan zamonaviy kasb-hunarga oʼrgatish, ularda biznes va tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, tashabbuslarini roʼyobga chiqarishga ustuvor ahamiyat qaratiladi, yigit-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʼrnini topishi uchun koʼmak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi, deganidir.Har qanday jamiyat rivojida uning kelajagini taʼminlaydigan yosh avlodning sogʼlom va barkamol boʼlib voyaga yetishi hal qiluvchi oʼrin tutadi. Shu bois, har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlar mamlakat tayanchiga aylanadi. Xalqimiz hayotida muhim oʼrin tutgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qoʼyilgani, hech shubhasiz, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, amaliy ishlarimizni yangi bosqichga koʼtarish imkonini bermoqda. Jumladan, asosiy qomusimizning alohida bir bobi oila, bolalar va yoshlar masalasiga bagʼishlangani yurtimizda yoshlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qanchalik eʼtibor qaratilayotganinining yaqqol isbotidir. Bosh qomusimizda davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini qoʼllab-quvvatlashi hamda biznesni rivojlantirish boʼyicha alohida normalar belgilab qoʼyilgan. Yoshlar masalasidagi oldimizga qoʼyilgan vazifalarni oʼz vaqtida, sifatli bajarish orqali biz islohotlar samaradorligi natijasini har bir yoshning hayotida koʼrsatishimiz mumkin boʼladi. Bu bilan yoshlarning davlatimiz tomonidan qilinayotgan gʼamxoʼrliklarni his qilishiga va faol hayotga kirib borishiga erishamiz. Biz hech qachon hech kimdan kam boʼlmaganmiz, kam emasmiz, kam boʼlmaymiz ham! Yoshlar qaysi sohada boʼlmasin, zamonaviy bilimlarni egallashga, ilm-fan choʼqqilarini zabt etishga, eng ilgʼor texnika va texnologiyalarni jilovlashga bel bogʼlar ekan, avvalo, mana shu daьvatga tayanib ish koʼrishi ayni muddaodir.

Muzaffar MАMАTQULOV,

“Yuksalish” umummilliy harakati

Jizzax viloyati hududiy boʼlinmasi rahbari

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар