Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi

Paxtakorda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi

20 январь 2024 йил
110
0

 Jizzax viloyati hokimining o`rinbosari Akmal Savurboev boshchiligidagi viloyat IIB, DXX va O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmalari, viloyat kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i hamda viloyat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Paxtakor tumani yoshlari bilan uchrashishdi. Tumandagi 4-sonli o`rta umumta’lim maktabida o`tgan uchrashuv avvalida hudud yoshlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, iste’dod va iqtidorlarini namoyon etish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida yurtimizda o`sayotgan avlodga, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va kelajakda jamiyatda o`z o`rnini topishiga ko`maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani tilga olindi. Shu nuqtai nazardan amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan qulayliklar qayd etildi.

Muloqot davomida tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. Ko`tarilgan har bir masalani bartaraf etish, yoshlar bilan manzilli ishlash bo`yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Tadbir davomida o`tgan yil davomida hudud yoshlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar ham tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari ko`lamini kengaytirish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

         Tadbir so’ngida rahbarlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sportning voleybol turidan Respublikada faxrli o’rinni qo’lga kiritgan maktab o’quvchilaridan iborat jamoani hamda maktab ma’muryatiga esdalik sovg’alar ulashildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар