Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

Is gazidan ogoh bo'ling

15 февраль 2024 йил
53
0

 Hurmatli isteʼmolchilar!Hurmatli isteʼmolchilar!
Havo haroratining pasayishi kutilayotgani munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligi, shuningdek, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qoʻlbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib oʻtadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yoʻqligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni so‘raydi.
Fursatdan foydalanib, “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Toʻlovlarni tuman gaz taʼminoti boʻlimlari va joylarda tashkil etilgan bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Maʼlumot uchun: Tabiiy gaz taʼminotini qaytadan boshlash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka boʻlib qolishining oldini olish maqsadida, oʻlchagichni yoqishdan oldin barcha gaz jihozlarini oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “Enter” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi taʼminotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri yoqilganligi sababli “aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan taqdirda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak. “Hududgaztaʼminot” AJ Call-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.
“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар