Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » XALQ ICHIDA: SEKTOR RAHBARLARI DO’STLIK MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

XALQ ICHIDA: SEKTOR RAHBARLARI DO’STLIK MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

17 февраль 2024 йил
83
0

 Paxtakor tumanidagi Do’stlik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Musiqa maktabi faollar zalida tumandagi sektor rahbarlari va tuman xalq qabulxonasining mudiri tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Shuningdek, qabulda tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Muloqot avvalida tuman hokimi A.Ashurov mahallalarda aholi turmush darajasini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, yo'l hamda ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, shu jumladan, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari tashkil qilish kabi rejalarga to'xtalib o'tdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning ichki yo’llarni ta’mirlash va yo’l belgilarini o’rnatish, moddiy yordam va nafaqalar, yoshlarni qo’llab quvvatlash, sog’liqni saqlash, ichimlik suvi ta’minoti, aloqa xizmatini yaxshilash, maktabgacha va maktab ta’limi soxasi, ish bilan ta’minlash, kredit, soliq to’lovlari, jinoyatchilik, sud-huquq sohasi va elektr tarmoqlari kabi murojaat va takliflar tinglandi.

Muammolar yuzma-yuz, oshkora aytilgan uchrashuvda tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар