https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Sektor rahbari paxtakorlik fuqarolar bilan muloqot o’tkazdi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Sektor rahbari paxtakorlik fuqarolar bilan muloqot o’tkazdi

Sektor rahbari paxtakorlik fuqarolar bilan muloqot o’tkazdi

26 апрель 2023 йил
248
0

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov aholi muammolariga yechim topish maqsadida Paxtakor tumanida fuqarolar bilan muloqot o’tkazdi. 3- sektor rahbari dastlab yaqinda foydalanishga topshirilgan Dilorom mahalla markazi faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu bino davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan. O’tgan yilning noyabr’ oyida boshlangan qurilish ishlari aprel’ oyi boshida yakunlangan. Binoda mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi uchun xonalar hamda faollari zali mavjud bo’lib, barcha qulayliklar yuzaga keltirilgan.

Mingchinor mahallasida o’tgan sayyor qabul avvalida esa tuman mutasaddilari va mahalla faollari bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolarning tadbirkorlik loyihalarini qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga yordam berish masalalari muhokama qilindi.

SHuningdek, viloyat IIB boshlig’ining buyrug’i bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, osoyishtalikni ta’minlash yo’lida namunali xizmat qilgan bir guruh tuman ichki ishlar organlari profilaktika xizmati va probatsiya inspektorlari, patrul’-post hamda yo’l-patrul’ xizmati xodimlari rag’batlantirildi.

Sayyor qabul doirasida bir guruh fuqarolarga elektr pechlar, o’zini-o’zi band qilish uchun tikuv moshinka, motokultivator, chorvachilik hamda issiqxona qurilishi uchun kredit ajratilganligi, 10 nafar yoshlarga esa o’quv kursi hamda oliy ta’lim uchun shartnoma pullarining bir qismi to’langanligi haqidagi sertifikatlar topshirildi. Bundan tashqari bir guruh faol yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Muloqotda fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan qator muammolarni hal etishda sektor rahbaridan amaliy yordam so’rashdi. CHunonchi, salomatligini tiklash, ko’chalarni ta’mirlash, shag’al yotqizish va piyodalar yo’lakchasi qurish, suyultirilgan gaz ta’minoti, moddiy yordam, nafaqa ajratish kabi masalalar bayon etildi. Bundan tashqari, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish va imtiyozli kredit ajratilishiga oid muammolar ko’tarildi.

Sayyor qabulda aytilgan har bir masala tegishli viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirokida ko’rilib, ijrosini ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Jarayonda murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, ko’tarilgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar mas’ullari hamda hokim yordamchilariga topshiriqlar berildi.

SHu kuni sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko’tarilgan masalalar 3- sektor ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o’rganildi. Jarayonda ikki kishi shifoxonada davolanishlari uchun yotqizildi. 2 nafarining bandligini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303