https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Paxtakorda “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi oʼtkazildi. » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi oʼtkazildi.

Paxtakorda “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi oʼtkazildi.

28 февраль 2024 йил
159
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar toʼgʼrisida kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan har bir topshiriq va vazifalar mazmun-mohiyatini joylarda hokimlarga hamda sektor rahbarlariga tushuntirish ishlarini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini yoʼlga qoʼyish vazifasi yuklatildi.

Ushbu topshiriq yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʼyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi ustidan parlament nazorati amalga oshirish yuzasidan hududlarda oʼtkaziladigan oʼrganishlari uchun Oliy Majlis palatalari Kengashlarining 4031–IV/QQ-679–IV-sonli Qoʼshma qarori bilan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolaridan iborat tarkibda har bir hudud boʼyicha alohida guruhlar tuzildi.

Shu maqsadda Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi bilan hamkorlikda 28-fevral kuni Paxtakor tumani “Bogʼishamol” mahalla fuqarolar yigʼini fuqarolari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar va qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish, hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda oʼrganish va bartaraf etish choralarini koʼrish maqsadida navbatdagi “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʼmitasining aʼzosi Oʼ.Oʼrozboev, OʼzXDP viloyat Kengashi raisi N,Xolmatov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Karimov, OʼzXDP Paxtakor tuman Kengashi raisi hamda deputatlar, saylovchilar va mahalla faollari ishtirok etishdi. Tumandagi iqtisodiy oʼsishni taʼminlash, inflyatsiya darajasi, soliqlarning yigʼiluvchanlik darajasi, soliq tushumlari prognozi bajarilishi boʼyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holatini tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari faoliyati misolida oʼrganildi. Xususan, 2024-yilda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish hisobiga hududiy yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz oʼsishini taʼminlash, sanoatda tannarxni 15 foizga kamaytirish, korxonalarda qoʼshilgan qiymatni oshirish, yangi imkoniyatlarni ishga solish boʼyicha koʼrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini oʼrganish, tumanda xaridlar va logistikani takomillashtirish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va raqamlashtirish orqali xarajatlarni qisqartirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, xususiylashtirish dasturlarining ijrosini taʼminlash, xususan Yer uchastkalarini auktsion savdolariga chiqarish hamda davlat aktivlarini sotishda belgilangan tushumlarni taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʼrganish va 2024-yilda yangi ish oʼrinlarini tashkil etish hamda aholi bandligiga koʼmaklashish dasturining bajarilishi, fuqarolarni kasb-hunar va tilga oʼrgatish, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʼrganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularga huquqiy maslahatlar berilib, ijobiy hal etish boʼyicha chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek maʼsullar tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga oilalar holidan habar olinib, ularning ham muommolari oʼrganildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303