Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirish

ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirish

02 март 2024 йил
56
0

 O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va boshqa qonunlarga O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining, O‘zbekiston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyaning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining nomlarini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu Qonun agrar hamda mudofaa sanoati sohalaridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘RQ–898-son, 17.01.2024-y.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Paxtakor tuman sudi raisi                                                        U.Sattarov

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар