Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensionerlar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday soliq imtiyozlari bor?

Pensionerlar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday soliq imtiyozlari bor?

13 март 2024 йил
57
0

Pensiya jamg‘armasi pensionerlar yoki nogironligi  bo‘lgan shaxslar uchun qanday soliq imtiyozlari borligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:

  • pensionerlar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Shuningdek, ayrim toifadagi shaxslar yer solig‘idan ham ozod qilingan.

Hukumat qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritish, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasini shakllantirish hamda ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Band bo`lmagan shaxs daromadini aniqlash
31 август 2023, Четверг
Band bo`lmagan shaxs daromadini aniqlash
Band bo`lmagan shaxs daromadini aniqlash
21 ноябрь 2022, Понедельник
Band bo`lmagan shaxs daromadini aniqlash
Kimlarga nogironlik pensiyalarni tayinlanadi?
29 август 2022, Понедельник
Kimlarga nogironlik pensiyalarni tayinlanadi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар