Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Maʼnaviyat va maʼrifat karvoni Paxtakor tumanida

Maʼnaviyat va maʼrifat karvoni Paxtakor tumanida

15 март 2024 йил
60
0

 «Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz» shiori ostida Paxtakor tumanida maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot tadbirlar oʼtkazildi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 04-martdagi «2024-yilgi Navroʼz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish toʼgʼrisida»gi PQ-113-sonli qarori ijrosi shuningdek, mamlakatimizda moʼʼtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʼrsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan oʼrni va nufuzini oshirish, Yangi Oʼzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʼlida tashabbus va ibrat koʼrsatib kelayotgan xotin-qizlar faoliyatini targʼib etish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʼzbekiston Mahallalar uyushmasi, «Maʼrifat» targʼibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 15-mart kuni Paxtakor tumanida «Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz!» shiori ostida madaniy-maʼrifiy targʼibot tadbirlari tashkil etildi.

Shunday maʼrifiy targʼibot karvoni tumanimizda joylashgan Moliya boʼlimi faollar zalida boʼlib oʼtdi. Tadbirga tumandagi faol, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar taklif etildi. Tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan olimlar, yozuvchi-shoirlar, sanʼatkorlar, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi. Soʼzga chiqqanlar muhtaram Prezidentimizning 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʼtkazilgan marosimda soʼzlagan nutqi hamda mamlakatimiz ayollariga qilgan murojaatlarini mazmun mohiyati haqida soʼz oldilar.

Maʼlumki, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, moʼʼtabar ayol zotiga eʼtibor kundan kunga rivojlanib, xotin-qizlar uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish-davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan. Zero, inson qadrini ulugʼlash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulugʼlashdan boshlanadi. Shu maʼnoda, Mir Аlisher Navoiy bobomizning, jannat bogʼidan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin, degan soʼzlarini biz eng ezgu daʼvat sifatida qabul qilamiz.

 

Mazkur tadbirda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Toshpoʼlat Matkarimovlar ishtirok etib qatnashchilarga koʼtarinkilik ulashdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар