Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Reydlar o'tkazilib jarimalar undirilmoqda.

Paxtakorda Reydlar o'tkazilib jarimalar undirilmoqda.

25 март 2024 йил
133
0

 Haydovchidan transport vositasini boshqarish vaqtida yoʼl belgilari va qoidalariga alohida eʼtibor talab qilinadi. Lekin koʼpchilik haydovchilar yoʼl qoidalarini buzib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etadilar. Bu esa oʼz navbatida maʼmuriy jarima qoʼllanilishiga sabab boʼladi..
Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʼyicha qoʼllanilgan jarimani ixtiyoriy toʼlash tizimi yanada soddalashtirilgan, huquqbuzar unga jarima solish toʼgʼrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʼlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʼlashdan ozod qilish amaliyoti joriy qilingan.
Аyrim huquqbuzarlar jarimani imtiyozli muddat u yoqda tursin, ixtiyoriy muddatda ham toʼlashdan boʼyin tovlaydi. Аksariyat YHXB organlari tomonidan qoʼllanilgan jarimalar 60 kun muddat oʼtgandan soʼng majburiy undiruvga qaratiladi.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Paxtakor tuman boʼlimi tomonidan joriy yil boshidan YHXB organlari tomonidan qoʼllanilgan 219 ta jarimalar undirilgan boʼlsa, 18 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirildi.
Jarimalar oʼz vaqtida toʼlanib borilganda, ushbu avtomobillar xatlanmagan va bunday ortiqcha harakatlar qilinmagan boʼlar edi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар