Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensiyaga qanday tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Pensiyaga qanday tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

27 март 2024 йил
194
0

 Pensiyani rejalashtirish – bu muntazam ko‘rib chiqishni talab qiladigan hamda fuqarolar o‘zlariga qulay va moliyaviy barqaror keksalikni ta’minlash uchun imkon qadar erta harakatni boshlash kerak bo‘lgan jarayondir.
Ya’ni, bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar o‘z kelajaklariga e’tiborsiz qarab, pensiya yoshiga yetganda afsuslanib qolish holatlari ham uchramoqda. Bu ish stajini talab qilingan darajada yetishmasligi, oylik maosh miqdorlarining kamligi va hokazolar bilan izohlanadi.
Pensiyani rejalashtirish moliyaviy rejalashtirishning asosiy jihati hisoblanadi. Bu fuqarolarga nafaqat keksalikda moliyaviy yordam beradi, balki kelajakka ishonch bag‘ishlaydi.
Xo‘sh, pensiyani qanday samarali rejalashtirish mumkin? Bunda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Birinchidan, fuqarolar doimiy ish stajiga ega bo‘lish uchun rasmiy daromad keltiradigan korxona, tashkilot yoki muassasalarida mehnat shartnomasiga asosan faoliyat yuritishi kerak.
Ikkinchidan, norasmiy ravishda mehnat faoliyati yuritayotgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan holda muntazam ravishda ijtimoiy soliqlarni to‘lash orqali ish stajiga ega bo‘lib borishi lozim.
Uchinchidan, pensiya qonunchiligiga oid ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib borish, kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan xabardor bo‘lib borish.
To‘rtinchidan, rasmiy ravishda olayotgan ish haqiga e’tibor qaratish. Bunda, pensiya yoshiga yetgunga qadar oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyatidagi oylik ish haqlaridan pensiya hisoblanishini inobatga olish.
Beshinchidan, raqamlashtirish davrida yashayotganligimizni hisobga olib, fuqarolar o‘z ish beruvchilaridan o‘zlarining ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni talab qilishlari, mehnat faoliyati yuritmayotgan fuqarolar esa Bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishlari lozim. Bunda, o‘zlarining ma’lumotlarini ONE-ID orqali ko‘rishlari mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida fuqarolar o‘z mehnat faoliyatlarini olib borgan taqdirlarida pensiya yoshiga yetganda ularning qilgan mehnatlari evaziga davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanish kafolatlanadi.

Pensiya jamg‘armasi Paxtakor tuman bo‘limi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizomining 82-bandiga muvofiq:

- pensiya hisoblashda ish haqi tarkibiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari;

- 2019 yildan keyingi davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-моддасида (https://lex.uz/docs/-4674902#-4687028) ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.

  Ya’ni, fuqarolarning mehnat faoliyatlari davomida olgan ish haqlariga qo‘shimcha ravishda to‘langan ustama va mukofot pullari pensiya hisoblashda inobatga olinadi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар