Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida yer solig‘i stavkalari to‘g‘risida

Paxtakor tumanida yer solig‘i stavkalari to‘g‘risida

06 январь 2024 йил
26
0

 Paxtakor tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

 

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni hamda Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosobati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonuniga” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan 2024-yil uchun tumanda belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yilga yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq tuman uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustasno) bo‘yicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Mazkur qonunga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi, yuqorida 1 va 2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi ko‘rsatib o‘tilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Shodmonov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (A.Meliboev), tuman davlat soliq inspeksiyasi (B.Nurmurodov)larga 2024-yildagi budjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar, soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlash vazifalari topshirilsin.
  5. Mazkur qaror “Paxtakor hayoti” gazetasida va tuman hokimligi rasmiy veb-saytida rasman e’lon qilinsin.
  6. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
  7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Qodirov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Shodmonov zimmalariga yuklatilsin.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar

T/R

Hudud nomi

Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan 1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi so‘mda

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi tomonidan qo‘llangan koeffitsiyentlar

MFYlar kesimida 1 gektar uchun yer solig‘i so‘mda

Kamaytiruchi

Oshiruvchi

1

2

3

4

5

6

1

“Bog‘ishamol” QFY

45 000 000

 

1,0

45 000 000

2

“Buyuk ipak yo‘li” QFY

45 000 000

0,9

 

40 500 000

3

“G‘alaba” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

4

“Dilorom” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

5

“Do‘stlik” MFY

45 000 000

 

1,2

54 000 000

6

“Mingchinor” MFY

45 000 000

0,9

 

40 500 000

7

“Nurli Pangat” MFY

45 000 000

0,9

 

40 500 000

8

“Oq buloq” MFY

45 000 000

 

1,0

45 000 000

9

“Olmazor” MFY

45 000 000

 

1,0

45 000 000

10

“Oltinko‘l” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

11

“Paxtakor” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

12

“Samarqand” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

13

“Suvonobod” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

14

“Toshkent” MFY

45 000 000

 

1,1

49 500 000

15

“Chamanzor” MFY

45 000 000

0,9

 

40 500 000

 

Jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar

T/R

Hudud nomi

Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasi so‘mda

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi tomonidan qo‘llangan koeffitsiyentlar

MFYlar kesimida 1 kv.metr uchun yer solig‘i so‘mda

Kamaytiruchi

Oshiruvchi

1

2

3

4

5

6

1

“Bog‘ishamol” QFY

329,60

0,95

 

313,12

2

“Buyuk ipak yo‘li” QFY

329,60

0,79

 

260,38

3

“G‘alaba” MFY

329,60

 

1,05

346,08

4

“Dilorom” MFY

329,60

 

1,05

346,08

5

“Do‘stlik” MFY

329,60

 

1,05

346,08

6

“Mingchinor” MFY

329,60

0,76

 

250,50

7

“Nurli Pangat” MFY

329,60

 

1,05

346,08

8

“Oq buloq” MFY

329,60

0,95

 

313,12

9

“Olmazor” MFY

329,60

0,95

 

313,12

10

“Oltinko‘l” MFY

329,60

 

1,05

346,08

11

“Paxtakor” MFY

329,60

0,95

 

313,12

12

“Samarqand” MFY

329,60

 

1,05

346,08

13

“Suvonobod” MFY

329,60

 

1,05

346,08

14

“Toshkent” MFY

329,60

 

1,05

346,08

15

“Chamanzor” MFY

329,60

0,86

 

283,46

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар