Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tomorqalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan 2-sektor rahbari o’rgandi

Tomorqalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan 2-sektor rahbari o’rgandi

03 апрель 2024 йил
106
0

 Paxtakor tuman prokurori I.M.Begashev tomonidan tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan tuman 2-sektor hududidagi "Paxtakor" mahalla fuqarolar yig’inida aholi tomorqalarida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi.

 Shuningdek xonadon egalari bilan tomorqa yerlaridan samarali foydalanish oila byudjetiga sezilarli ta'sir koʻrsatishi, eng asosiysi qoʻshimcha daromad manbayi ekanligi, oila aʼzolarining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi.

 Bundan tashqari, oilalar daromadlarini oshirish maqsadida kichik oilaviy tadbirkorliklarni yo'lga qo'yish, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlab oʻtildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар