Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda qo’ziqorinchilik va biogumus rivoj topmoqda

Paxtakorda qo’ziqorinchilik va biogumus rivoj topmoqda

15 апрель 2024 йил
107
0

 Jizzax viloyati Paxtakor tumanida uy sharoitida biogumus va qo‘ziqorinning shampinion turini yetishtirish va shu orqali daromad topishga aholining qiziqishi ortib bormoqda.  

Akbarali Hayitov ayni yo‘nalishda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, tumanda yetakchilik qilib kelayotgan ishbilarmonlardan biri.

Paxtakor tumani mahallardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlikga qiziqgan fuqarolar ishtirokida “BEST GOLD CROWN” MCHJda Prestur tashkil etildi.

Presturda Respublikadan kelgan mehmonlar Prezident maslahatchisi o’rinbosari (Ishchi guruh rahbari) U.Mehammadiyev, Prezident Administratsiya ma’sul xodimi S.Xasanov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Tadbirkor o‘tgan yili 33 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga 8 kvadrat metr maydonda Kaliforniya qizil chuvalchangini parvarishlashni boshlagan edi. Bugunga kelib 72 kvadrat metr maydonda ishlab chiqarishni kengaytirib, xaridorlarga 50-100 tonna biogumus yetkazib bermoqda.  

– Hozirgi kunda bir kilogramm biogumus bozorda o‘rtacha ming so‘mni tashkil etadi, - deydi A.Hayitov. – Kelgusida qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim hisoblangan bu mahsulotni tashqi bozorga ham yetkazib berishga kirishsak, daromad ham shunga yarasha ko‘payadi.  

Tumanda ayni kunda 5 ta oilaviy tadbirkorlik sub’ektida biogumus ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, yana 110 nafar fuqaro bu va, shuningdek, qo‘ziqorinchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan.

A.Hayitov boshchiligida turmush o’rtog’i, farzandlari tomonidan “Shanpinion” qo’zoqirini 50 metr kvdan ikkita ikkita obyektda 100 metr kvda yetishtirilmoqda. Bir mavsumda o’rtacha xosil 1500 klogrammdan oshadi.

Umuman olganda prestur davomida 15 nafar fuqarolar ushbu yo’nalishlar borasida o’z tadbirkorliklarini boshlash istaklari borligini bildirishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар