Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Mehnat daftarcham ma'lum sabablarga koʻra yoʻqolgan. Men qanday pensiyaga chiqsam boʻladi?

Mehnat daftarcham ma'lum sabablarga koʻra yoʻqolgan. Men qanday pensiyaga chiqsam boʻladi?

19 апрель 2024 йил
50
0

 Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar boʻlmagan yoki mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida notoʻgʻri va noaniq yozuvlar mavjud boʻlgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun:

⏺ - ma'lumotnomalar;

⏺ - buyruqlardan koʻchirmalar;

⏺ - shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;

⏺ - mehnat shartnomalari;

⏺- arxiv ma'lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

☑️ Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar sud tartibida guvohlar koʻrsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.

 

Pensiya jamg'armasi Paxtakor tuman bo'limi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар