Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Qonunchilikni takomillashtirilishi, izchil islohotlarning huquqiy asosi

Qonunchilikni takomillashtirilishi, izchil islohotlarning huquqiy asosi

24 апрель 2024 йил
42
0

 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini ko‘rsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda o‘sishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tug‘dirmoqda.

          Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.      

          Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida qator qonunlar qabul qilinib, yana bir qator qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi”gi O‘RQ-917-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonunga ko'ra, bola huquqlari bo'yicha vakil (Bolalar ombudsmani) mansabdor shaxs bo'lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar  hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Vakil o'z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo'lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o'z faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.

 Bola huquqlari bo'yicha vakil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.

 Qonun bilan, bola huquqlari bo'yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari belgilab qo'yildi, jumladan:

  • mansabdor shaxslarga bola huquqlari to'g'risidagi qonunchilikning buzilishiga yo'l qo'yilmasligi haqida ogohlantirishlar yuborish;
  • davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bola huquqlari to'g'risidagi qonunchilik buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritish;
  • harakatlari yoki harakatsizligida bola huquqlari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risida tegishli organlarga iltimosnomalar kiritish huquqiga ega.

Vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilish holati haqida ma'ruza taqdim etadi.

Vakil bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llashning oldini olish bo'yicha choralar ko'radi.

Bola huquqlari bo'yicha vakil o'zining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini tayinlaydi.

          

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар