Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisoboti soddalashtiriladi

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisoboti soddalashtiriladi

14 март 2024 йил
66
0

 Yangi qaror bilan «Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlari yanada soddalashtiriladi»

 

 Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini ko‘rsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda o‘sishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tug‘dirmoqda.

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida qator qonunlar va qarorlar qabul qilinib, Tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulayliklar yaratmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9-yanvarda qabul qilingan PQ-8-sonli Qarori bilan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlari yanada soddalashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

2023 yil 18 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish orqali biznesga ma’muriy yukni kamaytirish maqsadida:

Adliya vazirligi va Statistika agentligining 2024 yildan boshlab tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan hisobot va statistika ma’lumotlarini (keyingi o‘rinlarda — hisobot) bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Davlat organlari va tashkilotlari o‘zlarining axborot tizimlaridagi ma’lumotlarning tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlash maqsadida.

 Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq: a) davlat organlari va tashkilotlari tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan topshiriladigan hisobot turlarini hamda ulardagi ma’lumotlarni quyidagilar orqali maqbullashtirish choralarini ko‘rib boradi:

davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida raqamli hukumat tizimi doirasida ma’lumotlar almashishni kengaytirish;

sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali ma’lumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yo‘lga qo‘yish;

  1. b) davlat organlari va tashkilotlari har yili 1 sentabrga qadar Statistika agentligiga hisobot turlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni kiritib boradi;
  2. v) Statistika agentligi har yili 1 dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot turlarini maqbullashtirish choralarini ko‘radi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

 Belgilandiki: yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilish taqiqlanadi;

hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi, hisobotlarni qog‘oz shaklida topshirish tartibi bekor qilinadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi va Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2026 yil 1 yanvarga qadar «tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti» orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimini joriy qilnishi, «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi Yagona hisobotlar tizimining operatori etib belgilandi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Yagona hisobotlar tizimi orqali hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2026 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun — ixtiyoriy;

2027 yil 1 yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun — majburiy;

2028 yil 1 yanvardan barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun — majburiy.

Shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq: tadbirkorlik sub’ektlari qonunchilik hujjatlarida hisobga olinishi belgilangan ma’lumotlarni Yagona hisobotlar tizimiga kiritib boradi;

davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali hisobotlarni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlar Yagona hisobotlar tizimiga kiritiladi;

hisobotlar Yagona hisobotlar tizimida avtomatik tarzda shakllanadi va hisobotlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tadbirkorlik sub’ekti tasdiqlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari o‘zlariga zarur bo‘lgan hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar doirasida Yagona hisobotlar tizimi orqali oladi;

Yagona hisobotlar tizimidagi ma’lumotlarning maxfiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi;

buxgalteriya dasturlari tizimidan foydalangan holda hisobotlar topshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ularning ma’lumotlar bazalarini Yagona hisobotlar tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari uchun hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi  va yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Paxtakor tuman sudi raisi U.Sattarov

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар