https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Qardosh xalqlar hamkorligida yangi sahifa » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Qardosh xalqlar hamkorligida yangi sahifa

Qardosh xalqlar hamkorligida yangi sahifa

10 июнь 2024 йил
88
0

 

 Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro maydonda har tomonlama puxta o‘ylangan, izchil, ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini davom ettirib, jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini jadal olib bormoqda. Ushbu islohotlar zamirida albatta, xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, madaniyati, an’ana va qadriyatlari, ezgu orzu-intilish va manfaatlari mujassam etilgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kuzatilayotgan o‘zgarish va jarayonlar, yangicha yondashuv va dadil qadamlar tashqi siyosatimizda ham yangi sahifa ochilishiga zamin yaratmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning taklifiga binoan 6 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifini O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida o‘ta muhim tarixiy voqea sifatida baholash mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Turkiya Respublikasi O‘zbekiston tashqi siyosatida muhim, alohida o‘ringa ega bo‘lgan, o‘ziga xos mamlakat hisoblanadi. Buni quyidagi bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Birinchidin, ushbu mamlakat dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlar ichida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan va shu tariqa uning dunyo xaritasida yangi davlat sifatida e’tirof etilishi jarayonini boshlab bergan mamlakat bo‘lsa, ikkinchidan, o‘zbek va turk xalqlarini azaliy do‘stlik, birodarlik va qardoshlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Har ikki xalq ham turkiy tilda so‘zlashuvchi birodar xalqlar bo‘lib, ularning madaniyati, dini va urf-odatlari
bir-biriga juda yaqin. Qolaversa, Turkiyaning rivojlangan sanoati, rivojlangan transport kommunikatsiyasi, dengiz yo‘llari, qishloq xo‘jaligi, turizm salohiyati, ulkan davlatchilik tajribasi O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.  Ikki kuchli liderning o‘z davlati tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi mardligi, qat’iyligi, strategik masalalardagi hamkorligi bugungi kundagi jahon siyosiy maydonidagi qaltis vaziyatlar, davlatlararo ishonchsizlik munosabatlari keskinlashuvi jarayonida yanada sezilmoqda. Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning Turkiyaga rasmiy tashrifi dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy,
savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish o‘rin oldi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bir qator yetakchi turk kompaniyalari tomonidan 100 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor. Shuni alohida qayd etishimiz joizki, bugungi kunda Jizzax viloyatida ham bir qator turk kompaniyalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatilgan. Viloyatning umumiy tashqi savdosidagi 5 foizga yaqin ulushi aynan Turkiya davlatiga to‘g‘ri kelishi ham amalga oshirilayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning yaqqol isbotidir. Jumladan, Jizzax shahridagi yirik loyihalardan biri “Uz Turk Charm” tayyor charm ishlab chiqarish mas’uliyati cheklangan jamiyati 4 gektar maydonda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda korxonada 100 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Shuningdek, mazkur obyektning loyiha qiymati 12,8 mln dollarni tashkil etib, yillik eksport hajmini 4,1 mln dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu boradagi savdo-iqtisodiy munosabatlariga  misollarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. 

Tashrifning oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi mamlakatimizda ushbu sohalarning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi shubhasiz. Bu esa mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarning investitsiyaviy salohiyati ortishida, shu bilan birgalikda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi hisobiga aholi farovonligi oshishida  muhim rol o‘ynaydi.

  

Muzaffar MAMATQULOV,

“Yuksalish” harakati Jizzax viloyati

hududiy bo‘linmasi rahbari, Xalq deputatlari

 Jizzax shahar Kengashi deputati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tashrifdan koʼzlangan maqsadlarga erishildi
01 февраль 2024, Четверг
Tashrifdan koʼzlangan maqsadlarga erishildi
Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevor
16 январь 2024, Вторник
Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevor
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303