slot gacor
slot gacor
https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://radarlombok.co.id/lmb/pulsa/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 Paxtakor tumanida “Xalqaro doʼstlik kuni” keng nishonlandi. » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida “Xalqaro doʼstlik kuni” keng nishonlandi.

Paxtakor tumanida “Xalqaro doʼstlik kuni” keng nishonlandi.

30 июль 2024 йил
48
0

 Paxtakor tumanida “30-iyul - Xalqaro doʼstlik kuni” munosabati bilan festival tashkil etildi. Shu munosabati bilan tuman markazidagi “Moʼjiza” istirohat bogʼi bayramona bezatildi

Har bir insonning shaxsiy kalendarida qizil rang bilan belgilangan alohida ahamiyatga ega sanalar boʼladi. Shunday ekan ular qatoriga “30-iyul – Xalqaro doʼstlik kuni”ni ham qoʼshib qoʼyishingiz mumkin:.

Doʼstlik masofa tanlamaydi, til, din yoki irq bilan chegaralanmaydi. U nafaqat insonlarni, shuningdek xalqlarni va davlatlarni ham oʼzaro hurmat, ishonch asosida birlashtiradi. Shu sababli qator xalqaro tuzilmalar, jumladan BMT faoliyatining tub negizida xalqlar aro doʼstlikni mustahkamlash maqsadi mujassam.

Tashkilot tomonidan qabul qilingan qator qarorlar, jumladan 2011-yilda BMT Bosh Аssambleyasining 65-sessiyasida tasdiqlangan Xalqaro doʼstlik kuni toʼgʼrisidagi rezolyutsiya ayni maqsadlarga xizmat qiladi. Rezolyutsiyada insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʼrtasidagi doʼstlikning, hamkorlikning ahamiyati alohida qayd etilgan. “Xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar oʼrtasidagi doʼstlik tinchlikni taʼminlash bilan bogʼliq harakatlarga ilhomlantirishi mumkin va madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar oʼrtasida koʼpriklar oʼrnatish imkoniyatini taqdim etadi,” – deyiladi mazkur hujjatda.

Mamlakatimizda ham “30-iyul – Xalqaro doʼstlik kuni” (International Day of Friendship) sifatida keng nishonlanadi.

Аslini olganda, doʼstga sadoqat, birdamlik kabi ezgu tuygʼular xalqimiz orasida qadriyat darajasiga koʼtarilgan. Аzal-azaldan ota-bobolarimizning oʼgitlarida, maqol va hikoyatlarda, shuningdek shoiru donishmandlarimizning asarlarida doʼstlik tuygʼusi ulugʼlangan, taʼbir joiz boʼlsa, bunday dunyoqarash asrlar davomida qon-qonimizga singib ketgan.

Bir soʼz bilan aytganda, xalqimiz azaldan ardoqlagan doʼstlik – maqsadlarni mushtarak etuvchi, tinchlikni taʼminlovchi rishta. Xalqaro doʼstlik kunining keng miqyosda nishonlanishi bu rishtani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

«Xalqlar doʼstligi kunini belgilash toʼgʼrisida»gi Qonunda xalqimizga xos bagʼrikenglik va azaliy doʼstlik gʼoyalari ifoda topgan. Bugungi kunda tumanimizda 16 dan ziyod millat va elatlar, xususan 3360 nafardan ortiq qozoq, 3000 nafardan ortiq qirgʼiz, 3050 nafardan ortiq tojik, 710 nafardan ortiq rus, 440 nafardan ortiq tatar va 750 nafardan ortiq boshqa millat vakillari istiqomat qilib kelmoqda. Oʼzbekistondagi barcha millat hamda elatlarning tarixi, madaniyati, maʼnaviy qadriyatlari, anʼana va urf-odatlarini asrash hamda har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uygʼunlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim oʼrin tutayotir.

Tadbirda turli millat urf-odat va qadriyatlari aks etgan koʼrgazmalar, tashkil etildi. Oʼzbek, qirgʼiz, rus, tojik, va boshqa millatlarga xos ashula hamda raqslarni festival ishtirokchilari olqishlar bilan kutib olishdi. Bu yil jonajon Oʼzbekistonimizda ikkinchi bor oʼtkazilayotgan Xalqlar doʼstligi kuni - el-yurtimiz oʼrtasida hamjihatlik, oʼzaro totuvlik bayrami tumanimizda koʼtarinki kayfiyatda nishonlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303