slot gacor
slot gacor
https://mail.nap.czh.mybluehost.me/slot/gacor/ https://www.sju.nsm.mybluehost.me/mrdt/gacor/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/gacor/ https://polimdo.ac.id/file/gacor/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://lsp.unisba.ac.id/file/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://lsp.unisba.ac.id/wp/pulsa/ https://radarlombok.co.id/lombok/gacor/ https://hut.budiluhur.ac.id/file/gcor/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 Paxtakor tumanida kuydirgi kasalligining oldini olishda hamkor tashkilotlarning xarakati » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida kuydirgi kasalligining oldini olishda hamkor tashkilotlarning xarakati

Paxtakor tumanida kuydirgi kasalligining oldini olishda hamkor tashkilotlarning xarakati

21 август 2024 йил
52
0

 Paxtakor tumani Favqulotda vaziyatlar boʼlimi mutaxassisi F.Raxmatov barcha seminar qatnashchilariga tashrif buyurgan fuqarolar va mutaxassislarga seminarning maqsadi, kasallik qayd qilingan vaqtlarda xamkor tashkilotlarning xarakati toʼgʼrisida qiqacha maʼruza qilib, kasallik tarqalib favqulotda vaziyat sodir boʼlganda xar bir tashkilot oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda barcha kuch-vositalaridan foydalangan xolda kurashishi kerakligi seminar ishtirokchilariga tushintirib berdi. Shundan soʼng kasallikni insonlarda kechishi toʼgʼrisida tushincha berish uchun tuman SEO va JS boʼlimi epidemiolog vrachi G.Baturbekovaga soʼz navbatini berdi.

Seminar davomida kuydirgi kasalligi toʼgʼrisida mutaxassis xodimlar tomonidan amaliy mashgʼulotlar ham koʼrsatib berildi.

- Kuydirgi kasalligi toʼgʼrisida tuman SEO va JS boʼlimi epidemiolog vrachi Baturbekova Gulbahor va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi Xayvonlar sogʼligini himoya qilish mutaxassisi B.Muradimov tomonidan maʼlumotlar berildi.

Maʼlumki Kuydirgi kasalligi-barcha turdagi issiq qonli hayvonlar jumladan, qoʼy-echki, qoramollar va odamlarda uchraydigan oʼta xavfli yuqumli kasallik hisoblanadi.

SEO va JS boʼlimi epidemiolog vrachi Baturbekova Gulbahor soʼzga chiqib, kuydirgi kasalligining insonlarda kechishi, yuqish yoʼllari hamda davolash ishlari toʼgʼrisida seminar qatnashchilariga oʼzining fikr mulohazalarini bildirib oʼtdi.

Kasallik odamlarda qanday kechadi:

Epidemiologik kuzatuvlar natijalariga koʼra, odamda uchraydigan xozirgi zamon kuydirgi kasalligi 99-99,5 foiz hollarda teri shaklida, uchraydi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 14 kungacha davom etib, bunda bemorlar shikoyat qilmaydilar. Kuydirgining teri shaklida bemorning tana xarorati koʼtariladi, kuydirgi yarasi ogʼriqsiz boʼladi, usti qora poʼstloq bilan qoplanib, koʼmir rangiga oʼxshaydi, atrofi qizarib, shish paydo boʼladi.

Kuydirgi yarasi koʼpincha badanning ochiq joylarida (qoʼl, yuz, boʼyin va oyoq ) uchraydi.

Shundan soʼng Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi Xayvonlar sogʼligini himoya qilish mutaxassisi B. Muradimov soʼzga chiqib kuydirgi kasalligining hayvonlarda kechishi, oldini olish, laboratoriyada tashxislash toʼgʼrisida quyidagicha soʼzlab berdi.

Kuydirgi kasalligining manbai asosan kasallangan uy hayvonlari: qoramol, ot, qoʼy, eshak, tuya, echki, choʼchqalar va shu bilan birga qon soʼruvchi hasharotlar hisoblanadi. Tabiatda kuydirgi kasalligi qoʼzgʼatuvchisining saqlovchisi (rezervuari) tuproq hisoblanadi, aynan tuproq hayvonlarni kuydirgi bakteriyasi bilan taʼminlaydi.

Xayvonlarda kuydirgi kasalligi juda ogʼir kechib, tana xarorati toʼsatdan 41-42o C gacha koʼtariladi, ichaklardan qon ketib yotib qoladi va bu xolat oʼlim bilan yakun topadi.

 

Kuydirgi kasalligi asosan ushbu kasallik bilan kasallangan xayvonlarni soʼyish, terisini shilish, goʼshtini maydalash, kalla-poycha va oshqozon-ichaklarini tozalash jarayonlarida odamga yuqadi.

Kuydirgi kasalligi xayvonlardan-xayvonlarga, xayvonlardan-odamlarga yuqadi, lekin kasallik odamdan-odamga yuqmaydi.

Ushbu kasallik bilan ogʼrimaslik uchun qanday choralarni koʼrish zarur?

  • har bir fuqaro shaxsiy qaromogʼidagi chorva mollarni veterinariya koʼrigidan oʼtkazib, belgilangan muddatlarda kuydirgi kasalligiga qarshi emlatish;
  • xayvonlar oʼrtasida kuydirgi kasalligi belgilari kuzatilganda zudlik bilan veterinariya vrachiga murojaat qilish;
  • kuydirgi bilan kasallangan xayvonlarni veteterinariya vrach ruxsatisiz oʼzboshimchalik bilan soʼymaslik, mollarni faqat qushxonalarda yoki soʼyish maydonchalarida soʼyish;
  • duch kelgan joylardan goʼsht sotib olmaslik, goʼshtni goʼsht pavilonlaridan yoki goʼsht doʼkonlaridan xarid qilish;
  • xayvonlarni parvarish qilishda shaxsiy gigiena qoidalariga qatʼiy rioya etish;

Yuqorida berilgan tavsiyalarga puxta amal qilgan holda, oʼzingizni ushbu noxush xastalikdan asrang.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimi tomonidan kuydirgi kasalligining oldini olish maqsadida 4 ta emlash guruhi tashkil qilingan boʼlib, tumanning barcha hududlarida ushbu kasallikka qarshi profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda. Shu kungacha ushbu kasallikka 29032 bosh YShM, 25342 bosh MShM, 361 bosh ot, 546 bosh eshaklar profiliktik emlandi. Shu bilan bir qatorda 19824 ta xonadonda kuydirgi kasalligi haqida tushinchalar berildi.

         Seminarning maʼruza qismi yakunlangach, amaliy qismi xam boʼlib oʼtdi. Unda hayvonlarni emlashdan avval termometriyadan oʼtkazib ushbu kasallikka profilaktik emlash hamda veterinariya uchastkasi mudiri tomonidan kuydirgi kasalligini profilaktik emlash jurnaliga kiritishi kabi tadbirlar boʼlib oʼtdi. Kuydirgi kasalligiga profilaktik emlash jarayoni Paxtakor tumani Toshkent MFY Zulfiya koʼchasi 7/1 uyda yashovchi Bolbekov Shakarboy akaga tegishli 2 bosh yirik shohli mollarida oʼtkazildi. Xonadon egasiga kasallik toʼgʼrisida tushuncha berilib, oʼz vaqtida qaramogʼidagi hayvonlarini yuqumli kasalliklarga emlatib turishi ham eslatib oʼtildi. Kasallik zanjirini uzishda birdan bir yoʼl ushbu kasallikka emlash kerakligi yana bir bor eslatib oʼtildi.

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303