Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Dolzarb 90 kunlik” QUTIRISH KАSАLLIGIDАN EHTIYOT BOʼLING

“Dolzarb 90 kunlik” QUTIRISH KАSАLLIGIDАN EHTIYOT BOʼLING

15 февраль 2024 йил
82
0

 Maʼlumki, qutirish-hayvonlar va odamlarda uchraydigan, asab tizimining ogʼir shikastlanishi bilan kechadigan hamda oʼlim bilan yakun topadigan oʼta xavli yuqumli virusli kasallikdir. Odamlar uchun qutirgan uy hayvonlari-it, mushuk, sigir, ot, eshak, choʼchqa, yovvoyi hayvonlardan-chiyaboʼri, tulki va boʼrilar kasallik manbai hisoblanadi. Odamlarga qutirish kasalligi 90-95 % xolatlarda itlardan yuqadi.

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʼmitasining 2024 yil 9 yanvardagi 02/16-13-sonli koʼrsatmasi asosida Epizootiyaga karshi profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirish maqsadida eʼlon qilingan "Dolzarb 90 kunlik" doirasida tadbir tashkil etildi.

 

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi FVV tuman boʼlinmasi, tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʼlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish tuman boʼlimi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tuman “Obodonlashtirish” korxonasi masʼullari ishtirokida hududimizning “Toshkent” mahallasidagi “Buyuk Turon” koʼchasida tashkil etilgan tadbir jarayonida mahalla aholisi qaramogʼidagi barcha turdagi qishloq xoʼjalik hayvonlari roʼyxatga olinib, klinik koʼrikdan oʼtkazildi. Soha mutasaddilari tomonidan hayvon egalariga ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish va kasallik paydo boʼlganda veterinariya xizmati xodimlari tomonidan koʼriladigan zarur choralar borasida tushuncha va tavsiyalar berildi.

 

Shu bilan birga, ushbu tadbirni tuman miqyosida sifatli va samarali oʼtkazish maqsadida 8 ta guruhga biriktirilgan 20 nafar xodim tomonidan aholi honadonlaridagi chorva mollarni «Oqsil», «Kuydirgi», «teylerioz» uy hayvonlari «quturish» kasalligiga qarshi profilaktik emlash tadbirlari ham sifatli ado etildi.

Shuningdek, soha mutasaddilari tomonidan qutirish kasalligiga chalingan hayvonlarning tazovuzkor boʼlib, duch kelgan hayvonlar va odamlarga tashlanishga, tishlashga va tirnashga harakat qilishi, yorugʼlikdan qoʼrqishi, qorongʼu joyga kirib olishi, egasi chaqirganda oldiga kelmasligi, ovqatlanishdan bosh tortishi, toʼgʼri kelgan jismlarni ogʼziga solib, yutishi, keyinchalik yutinishi qiyinlashishi, ogʼzidan juda koʼp miqdorda soʼlak oqishi, bezovta boʼlishi, ovozi boʼgʼilishi, nihoyat orqa oyoqlari yurmay qolishi, yaʼni falajlanish holatlari kuzatilishi va oqibatda ularda ham kasallik oʼlim bilan yakun topishi toʼgʼrisida mahalla aholisi ogohlantrildi.

Odamlarni hayvonlar, ayniqsa itlar tishlaganda quturish kasalligiga duchor boʼlmaslik uchun:

-Itni doimo bogʼlangan xolda saqlash, koʼchaga olib chiqilganda tumshuq tasmasini taqish, itni tunda koʼchaga chiqarib yubormaslik va koʼchada qarovsiz qolishi hamda yovvoyi hayvonlar bilan muloqatda boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik:

-Farzandlarni qarovsiz qolgan va begona itlar bilan oʼynashiga hamda ularni uyga olib kelishiga aslo yoʼl qoʼymaslik;

-Itni oʼz vaqtida hududiy veterinariya idoralariga olib borib, roʼyxatdan oʼtkazish, har yili uni veterinariya koʼrigidan oʼtkazib turish zarurligi ham taʼkidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар