slot gacor
slot gacor
https://www.sju.nsm.mybluehost.me/mrdt/gacor/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/gacor/ https://polimdo.ac.id/file/gacor/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://jdih.beraukab.go.id/file/pulsa/ https://radarlombok.co.id/lombok/gacor/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 “Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari” to‘g‘risida. » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari” to‘g‘risida.

“Voyaga yetmagan bolalarning huquqlari” to‘g‘risida.

28 август 2024 йил
44
0

 Respublikamizda Bola huquqlari to‘g‘risida qonun qabul qilinganligini, qonunning asosiy tushunchalariga to‘xtalib unga ko‘ra bola (bolalar) — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar); bolaning qonuniy vakillari — ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar;

vasiylik va homiylik — ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi;

yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola — nogironlikni belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan:

nogironligi bo‘lgan bolalar;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar;

yetim bolalar;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;

ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar;

kam ta’minlangan oilalardagi bolalar;

jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan bolalar;

zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalar;

nogironligi bo‘lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan bolalar (bola);

ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar — qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi bo‘lmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi yoki cheklanganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi yoxud muomalaga layoqati cheklanganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi yoxud ota-ona qaramog‘i mavjud bo‘lmagan boshqa holatlar sababli ota-ona yoki yagona ota (ona) qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola.

Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;

bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;

bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;

bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;

bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;

bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;

bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.

Ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar, notinch oilalar bolalari yoki ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi bolalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligini jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslari va negizini mustahkamlashning majburiy sharti sifatida jamoatchilik ongiga singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 sentabrdagi 419-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 31 dekabrdagi 287-son qaroriga asosan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi etib qayta tashkil etilgan.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z vazifalari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:

bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;

bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;

bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etish;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;

bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;

davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat bolalar muassasalarini rivojlantirishga ko‘maklashish chora-tadbirlarini ko‘rish;

bola huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;

axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal etish.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda bola huquqlari bo‘yicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkin.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda va himoya qilishda ko‘maklashadi, bolaga yoki uning qonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa yordam ko‘rsatadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda hamda ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishi;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va xalqaro tashkilotlardan uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi.

Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.

Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratib kelmoqda.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi raisi T.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303