slot gacor
slot gacor
https://www.sju.nsm.mybluehost.me/mrdt/gacor/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/gacor/ https://polimdo.ac.id/file/gacor/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://jdih.beraukab.go.id/file/pulsa/ https://radarlombok.co.id/lombok/gacor/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 Energiya tejamkorligi – bugungi kun talabi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Energiya tejamkorligi – bugungi kun talabi

Energiya tejamkorligi – bugungi kun talabi

14 сентябрь 2024 йил
17
0

 Paxtakor tumanida energiya tejamkorligi, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish va samaradorligini oshirish masalalariga qaratilgan seminar boʼlib oʼtdi.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 27-avgust kuni energiya tejamkorligini taʼminlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi boʼyicha videoselektor yigʼilishi oʼtkazgan edi. Joriy yil boshida hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlar belgilanib, davlatimiz rahbarining iyulda Fargʼona viloyatiga tashrifi chogʼida ushbu rejani ilmiy asoslangan holda ikki baravar oshirib bajarish yoʼllari koʼrsatib oʼtilgan va shundan kelib chiqib, mutasaddilar zimmasiga bir qator topshiriqlar yuklangandi.

 

Seminarda ishtirokchilarga elektr, gaz, favqulodda vaziyatlar boʼlimi va muqobil energiya quvvatlari ishlab chiqaruvchilardan iborat soha mutaxassislari tomonidan energiyani tejash, iqtisodiy va xavfsizlik taraflama samaradorlikka erishish maqsadida zamonaviy vositalar va muqobil energiya hisobiga ishlovchi qurilmalardan foydalanish va ularning afzalliklari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Tadbir davomida olimlar va soha mutaxassislari tomonidan quyosh panellarining afzalliklari atroflicha tushuntirildi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni hamda 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorining ijrosi va ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida ham batafsil soʼz yuritildi.

 

Bulardan tashqari, aholi turar joylari, savdo, maishiy xizmat koʼrsatish muassasalari, tashkilot va korxonalarga quyosh panellari oʼrnatish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan “yashil” energiyaning iqtisodiy afzalliklari hamda quyosh elektr panellarini oʼrnatish, muqobil energiya qurilmalari uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit mablagʼlari haqida ham maʼlumotlar taqdim qilindi.

 

Viloyat, tuman prokratura xodimlari va soha mutaxassislari tomonidan Olmazor mahallasida ko’p qavatli uylarga o’rnatilgan quyosh panellarining o’rnatilishlari o’rganildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303