Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

BOBUR VA YOSHLAR.

15 февраль 2023 йил
151
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yi 25-yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlashlash to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 14-fevral kuni tuman xalq ta’limi bo‘limi, Madaniyat va turizm bo‘limi va Axborot kutubhona markazi hamkorligida “Boburni anglash” mavzusida madaniy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Shu bilan birga Bobur lirikasida she’riyatning asosiy mazmuni bo‘lgan insoniy fazilatlar, yor vasli, uning go‘zalligi, unga cheksiz muhabbat va hijron azobi, ayriliq alamlari va visol quvonchlari nihoyat go‘zal va mohirona ifoda etilgan.

Bobur o‘z lirik she’rlarida har doim odamlarni yaxshilikka, adolat, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuyg‘ularni qadrlashga chaqirdi.

Bobur o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallaydi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarining badiiy chiqishlari, g‘azallari, kuy va qo‘shiqlari bilan qatnashib yig‘ilganlarda kata ta’surotlar qoldirdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarga, Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va kitob jamlanmalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi

Paxtakor tuman bo‘linmasi rahbari: I.Xoliqov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар