Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda imkoniyati cheklanganlar uchun bayram tadbiri oʼtkazildi

Paxtakorda imkoniyati cheklanganlar uchun bayram tadbiri oʼtkazildi

02 декабрь 2022 йил
303
0

 “Oʼzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi qaroriga asosan har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida Respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.

 

Bugun tuman hokimligi tomonidan tumanning "Maftuna" tantanalar maskanida "3 dekabr — Xalqaro nogironligi boʼlgan shaxslar kuni" munosabati bilan boʼlib oʼtgan bayram shodiyonalari ham shular jumlasidandir.

 

Mazkur bayram dasturi Mahalla xayriya jamoat fondi, Sifat-yog’ MCHJ, tuman Madaniyat bo’limi va viloyat Ijtimoy - tibbiy rivojlanish xizmatlarini rivojlantirish bo’limi hamkorligida oʼtkazildi.

Tadbirda Nogironlar jamiyati aʼzolari, viloyat Nogironlar assotsiatsiyasi aʼzolari va barcha turdagi jamiyatning nogironligi bor shaxslar ishtirok etdi.

 

Unda tuman hokimi oʼrinbosari Fazliddin Qo’ldoshov soʼzga chiqdi va tuman hokimining tabrigini o’qib eshittirdi.

 

Dastur davomida tumandagi imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan tashkil qilingan tadbirkorlik uyushmalari mahsulotlari burchaklari hosil qilingani va dasturdagi xushovoz xonandalar kuy-qoʼshiqlari bilan yanada fayzli davom etdi.

 

Bayram yakunida hokimlikning esdalik sovgʼalari berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар