slot gacor
slot gacor
https://naskah.ekon.go.id/file/dana/ https://international.fikom.unpad.ac.id/file/gcr/ https://manado.bsilhk.menlhk.go.id/wp-data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/
 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

02 июнь 2023 йил
433
0

 1 – iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabat bilan Paxtakor tumanida xam “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Shu kuni tuman markazidagi “Yoshlar sayilgohi” istiroxat bog‘i jajji bolajonlar bilan gavjum bo‘ldi. E'tiborlisi, sayilgohda beshta muhim tashabbuslar sanalgan musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sa'atning ijod namunalari sportsevar yoshlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi

Bog‘ning markazida tashkil etilgan sahnada tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Bog‘ning soya-salqin joylarida esa turli ko‘rgazmalar namoyishi o‘rin oldi. Xususan, maktabgacha va maktab ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari, sport va sog‘lom ovqatlanish burchagi, kitob do‘konlari, qolaversa, amaliy san'at hamda beshta muhim tashabbuslar sanalgan musiqa, rasomlik, adabiyot, teatr va sa'atning ijod namunalari sportsevar yoshlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiorida o‘tkazilgan tadbirda takidlanganidek, har bir bolaga mehr, e'tibor kerak. Mehr og‘ushida ulg‘aygan farzand vaqt o‘tib komillikka intilishi yaxshilikni ulashishi rost. Shu ma'noda tadbirda turli kontser dasturlari ko‘rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari bilan yanada zavqli o‘tdi. Ta'kidlash kerak, bugungi kunda Paxtakor tumanida ta'lim, madaniyat, sport kabi barcha yo‘nalishda iqtidorli yoshlar soni kun sayin kengayib bormoqda. Ana shunday faol yoshlar hududagi kam taьminlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarda tarbiya topayotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘asi sifatida maktab sumkasi va o‘quv qurollari jamlanmasidan iborat sovg‘alar ham ulashildi. Bir so‘z bilan aytganda, bolajonlar bayrami uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Tadbir tantanalari nafaqat jajji o‘g‘il-qizlarimizning qalbiga olam-olam quvonch baxshida etdi, balki, ularning ota-onalari ham farzandlarining sho‘x-shodon kulgularidan, yuzlaridagi tabassumidan mamnun bo‘lishib, ayniqsa, Istirohat bog‘ida yaratilgan shart-sharoitlar uchun tuman axoli vakillari o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303