Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tuman xotin-qizlari tomonidan olis hududda ko’rik tashkil etildi.

Tuman xotin-qizlari tomonidan olis hududda ko’rik tashkil etildi.

09 июнь 2023 йил
122
0

 Hududda istiqomat qilayotgan 6 ming 700 nafardan ortiq aholi, shundan 3438 nafarni erkaklar, qolganini ayollar tashkil etadi. Paxtakor tumani Mingchinor  OSHP dorixonasidagi bepul dori-darmon holatlari o’rganilib shu yerning o’zida zahirasi yaratilib, poliklinika ijtimoiy taʼminoti yaxshilandi.

Paxtakor tuman hokimligi xotin-qizlar masalalar bo’yicha o’rin bosari hamda tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda olis hududda joylashgan “Mingchinor” mahallasida tibbiy koʻrik tashkil etildi. Unda terapevt, travmatolog, nevropatolog, pediatr, labaratoriya tekshiruvi, kontrasepsiya, UZI tekshiruvi,  akusher-ginekolog, urolog, oftalmolog, kardiolog va xirurglar tomonidan 400 ga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka jalb qilindi.

Tuman hokimligi xotin-qizlar masalalar bo’yicha o’rin bosari Dilbar Akaboyevna dastlab e’tiborni hududdagi homilador ayollar sog’lig’iga qaratdi. Tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari ishtirokida ko’rikga kelgan fuqarolar bilan konsultativ suhbat va ko’riklar olib bordi.

Koʻrikdan oʻtkazilgan fuqarolarning 17 nafarida turli xildagi nogironlik koʻrsatkichlari mavjudligi aniqlandi. Ularni sogʻlomlashtirish maqsadida ambulator va statsionar davo muolajalari tayinlandi. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida soʻnggi yillarda chekka qishloqlardagi vrachlik punktlari faoliyatini yaxshilash maqsadida qator ibratli ishlar amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар