Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi “Koʼpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasini tashkil tashkil etildi.

“Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi “Koʼpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasini tashkil tashkil etildi.

03 август 2023 йил
122
0

 Oʼzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida”gi qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30-oktyabrda “Sogʼlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar oʼrtasida qoʼshma qaror imzolangan. Mazkur qoʼshma qarorga asosan yoshlarning taʼtil davrida boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni harbiy-vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda maʼnaviy yetuk va jismonan sogʼlom, barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida professional taʼlim muassasalari oʼquvchilari oʼrtasida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi “Koʼpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasini yuqori saviyada tashkil qilish belgilangan.

 

Jizzax politexnika inistituti qoshidagi Paxtakor tumanida joylashgan sanoat texnologiyalar texnikumida tumandagi kasb-xunar maktab, texnikum va kollej talaba yoshlari oʼrtasida "Tinchligimiz, taraqqiyot va faravonlik uchun" shiori ostida "Koʼpkurash" harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi tadbiri tashkil etildi. Sport musobaqasida yoshlar ishtirok etishib, 5 ta shart boʼyicha bellashdilar. Musobaqada Paxtakor tumanida joylashgan sanoat texnologiyalar texnekumining “Аlanga” jamoasi gʼolib boʼlib viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdilar.

Gʼoliblar diplom va yesdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар