Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Mamlakatimizda Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanishi xayrli anʼanaga aylandi.

Mamlakatimizda Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanishi xayrli anʼanaga aylandi.

27 июнь 2023 йил
129
1

 

 “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ulkan ahamiyat va mohiyatini hisobga olib, o‘tgan qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo‘lini bosib o‘tdi. Tuman markazida joylashgan “YOSHLAR SAYILGOHI” maydonida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlar doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlari “mahalla-sektor-tuman” darajasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Ommaviy axborot vositalari xodimlari, yoshlar ishlari agentligi Paxtakor tuman bo‘limi xodimlari va yoshlar yetakchilari, keng jamoatchilik vakillari, tuman aholisi, o’quvchi yoshlar hamda yuqori natijalarga erishgan davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdilar. Mazkur tadbirga hududlardan 10 ming nafardan ortiq aholi, ayniqsa, yoshlar keng jalb etildi. Shuningdek, kam ta'minlangan oilalar farzandlari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar tadbirda ishtirok etishiga sharoit yaratildi. Festivalda rassomlar maydonchasi, hunarmandlar rastalari, bolalar maydonchasi, sport maydoni, “Bilimdon shou”, zakovat, mushoira, shaxmat-shashka, voleybol, suzish, mini futbol hamda  harbiy orkestr chiqishlari bayram tantanalariga o‘zgacha bir quvonch bag‘ishladi.

Tadbirni ochib berish uchun tuman hokimi Asilbek Ashurov so‘zga chiqib sana munosabati bilan barcha yoshlarni Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan qutlug‘ bayram – “Yoshlar kuni” bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida omadlar tiladi.

Tadbirda tuman hokimi bayram bilan tabriklab, turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan 500 nafarga yaqin yoshlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. 

Yoshlar festivalida nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet ellik mehmonlar ham ishtirok etdi. Tadbir badiiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat xodimi sa’natkor Doston Ergashev barcha yoshlarga o‘zining jonli ijrodagi diltortar qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarini kayfiyatiga yanada bayramona kayfiyat ulashdi.

Hurmatli yoshlar! Yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakka intilib, maqsadlaringiz sari olgʻa qadam bosishingizni, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan, mustaqil fikrlaydigan, yurtimizga va ajdodlarimizga munosib farzand boʻlib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

 

 


 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (1)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Yagona media
Yagona media Гости 28 июня 2023 18:08
Rasmlarni tiniqroq variantini yuklash kerak men xech kimni tanimadim
Фойдали ҳаволалар