Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

АYOLGА EHTIROM, VАTАNGА EHTIROM

05 сентябрь 2023 йил
132
0

 Tumanda 2521 nafar xotin-qiz “Аyollar daftari”ga kiritilgan. 562 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida ularga amaliy koʼmak berilayotir. 62 nafar ayolga oʼz tadbirkorligini yoʼlga qoʼyish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. 962 nafar boquvchisini yoʼqotgan, 466 nafar nogironligi boʼlgan, 424 nafar ehtiyojmand ayollarga moddiy yordam berildi. 130 nafar ayollar respublikamizning diqqatga sazovor joylariga bepul sayohatga yuborildi. 45 nafariga ijara kompensatsiya toʼlovlari toʼlab berildi. 800 nafar xotin-qizlar tibbiy onkologik skriningdan oʼtkazildi.

    Qaromogʼida nogiron farzandi boʼlgan Lola Safarovaga tuman hokimligi tomonidan Paxtakor mahallasi hududidan yashash uchun uy ajratildi. Mehribonlik uyida tarbiyalangan chin yetim Elnora Usmonovaga Samarqand mahallasidan bir xonali uy sovgʼa qilindi. Homiylar tomonidan mazkur uy toʼliq jihozlab berildi. Tuman hokimligi tomonidan “Аyollar daftari”da roʼyxatda turgan 87 nafar uy-joyga muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy uyga joylashtirildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар