Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » XOTIN-QIZLАR VА BOLАLАR HUQUQLАRI, ERKINLIKLАRI HАMDА QONUNIY MАNFААTLАRINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH TIZIMI

XOTIN-QIZLАR VА BOLАLАR HUQUQLАRI, ERKINLIKLАRI HАMDА QONUNIY MАNFААTLАRINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH TIZIMI

30 август 2023 йил
124
0

 YANАDА TАKOMILLАSHTIRILISHI MUNOSАBАTI BILАN OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING АYRIM QONUN HUJJАTLАRIGА OʼZGАRTISH VА QOʼSHIMCHАLАR KIRITISH TOʼGʼRISIDАGI OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI QONUNIYANАDА TАKOMILLАSHTIRILISHI MUNOSАBАTI BILАN OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING АYRIM QONUN HUJJАTLАRIGА OʼZGАRTISH VА QOʼSHIMCHАLАR KIRITISH TOʼGʼRISIDАGI OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI QONUNI
Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zoʼravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional hamda huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar orasida nazoratsizlikning va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek nogironligi boʼlgan bolalarni hamda ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga bugungi kunda huquqni qoʼllash amaliyotida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bogʼliq masalalarda bir qator muammolar mavjud. Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanktsiyalar belgilanmagan, xotin-qizlarni shilqimlik va zoʼravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emas, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati (oʼttiz kun) xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini taʼminlash imkonini bermaydi, alimentlarni toʼlamaganlik uchun jazo sifatida jarima solinishi yanada koʼproq moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.Bundan tashqari Voyaga yetmaganlar ishlari boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining, voyaga yetmaganlar ishlari boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalarining faoliyati isloh etilib, ular tegishincha Bolalar masalalari boʼyicha milliy komissiya, bolalar masalalari boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari etib qayta tashkil etildi.Ushbu Qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasi qonunlariga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʼz huquqlari va manfaatlarini amalga oshirishida qoʼllab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek bolalar masalalari boʼyicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlab qoʼyuvchi oʼzgartishlar kiritildimoqda.Ushbu Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zoʼravonlikning oldini olishga, oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bogʼliq xalqaro indekslarda mamlakatimizning oʼrnini yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek Bolalar masalalari boʼyicha milliy komissiya, bolalar masalalari boʼyicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari faoliyatining mustahkam huquqiy asosini yaratadi.


Fuqarolik ishlari boʼyicha Paxtakor tuman sudi raisi T.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар