Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda ilmli va ixtirochi ayollar koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi

Paxtakorda ilmli va ixtirochi ayollar koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi

26 октябрь 2023 йил
130
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi tashabbusi bilan respublikamiz boʼylab “Ilmli ayol — jamiyat koʼzgusi” ezgu shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali oʼtkazilmoqda.
Festival doirasida tumanimizda “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning oʼrni”, “Xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish – davr talabi”, “Olima ayollar – jamiyat koʼzgusi”, “XXI asr ilm-fani va taʼlimi sohasida ayollar: yutuqlar va muammolar”kabi bir qator mavzularda ilmiy-amaliy anjumanlari, oʼquv-amaliy seminarlari, davra suhbatlari, uchrashuv va muloqotlar, viktorina, insholar tanlovi, fleshmob va chellenjlar tashkillashtirilgani “Hududning ixtirochi ayoli” koʼrik-tanlovini yuqori saviyada oʼtkazish imkonini berdi.
Tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar boʼlimi tomonidan Paxtakorda ushbu festivalning tantanali marosimi oʼtkazildi. Tadbirga festivalь doirasida mahallalarda boʼlib oʼtgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan xotin-qizlar, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, olima, ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar, ixtirochi, tashabbuskor xotin-qizlar taklif qilindilar.
Аytish mumkinki, bugungi davrning faol ziyoli ayoli siymosini yaratishga xizmat qiladigan mazkur tadbirda yurtimiz xalq xoʼjaligida amalga oshirilayotgan islohotlarda xotin-qizlarning oʼrni, ilmli ayollar, olimalarning bugungi kundagi faoliyati va ijobiy tajribalari, ularning jamiyat hayotidagi oʼrni va izlanuvchi qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashdagi faollikni oshirish borasida qilinayotgan ishlar taqsinga loyiq.
Oʼziga xos bilim, koʼnikma va mahorat bahsiga aylangan mazkur koʼrik-tanlov yakunida uning barcha ishtirokchilari va gʼoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар