Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Islohatlarga daxldorlik hissi tuman tibbiyot birlashmasi

Islohatlarga daxldorlik hissi tuman tibbiyot birlashmasi

14 декабрь 2023 йил
121
0

 Barchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizning sog‘liqni saqlash sohasida ulkan yangilanishlar ro‘y berdi. Birinchi navbatda, muhtaram Prezidentimizning farmon va qarorlari asosida sog‘liqni saqlash sohasi faoliyati huquqiy jihatdan takomillashtirildi. Xalqimizni rozi qilish maqsadida birlamchi tibbiyot tizimi faoliyatini tubdan yaxshilash, dori-darmon ta’minoti, hududlarda ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab muhim vazifalar amalga oshirildi.

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Karimov aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori vositalari ta’minotini yaxshilash, bu sohada deputatlar va jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish chora-tadbirlarini amaldagi natijadorligini o‘rganish yuzasidan, tuman tibbiyot birlashmasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish hamda tibbiy uskunalarni ko‘zdan kechirdi.

 

Shifokor deganda insonlarning dardiga darmon bo‘ladigan, ezgulik va oliyjanoblikni kashf eta olgan tibbiyot xodimlari har qancha e’zozga, e’tirofga munosib. Shu boisdan ham bu soha xodimlari timsolida o‘z halovatidan kechib, kunni tunga, tunni esa kunga ulab, xalq salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.
     Darhaqiqat, inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, shifokorlar esa ana shu boylikning fidoyi posbonlaridir.  Bugungi kunda tibbiyot tizimida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Yangidan yangi tibbiyot muassasalari va ularning moddiy-texnika bazalari yangilanib borilayapti. 

 

Bugungi kunda tumanimizda istiqomat qilayotgan 80160 nafar aholiga xizmat qilayotgan tuman tibbiyot birlashmasida 135 nafar shifokor, 580 nafar o‘rta maxsus ta’limga ega tibbiyot xodimlari, 180 nafar kichik tibbiy xodim hamda 73 nafar boshqa ishchi xizmatchilar mehnat qilayapti. Tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bugun tumanimizda birlamchi tibbiy-profilaktika, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati tobora yaxshilanib borayapti.

 

Tuman deputatlar kengashi raisi bo‘limlarda bo‘lib, birlashmaga yangi keltirilgan tibbiy jihozlar bilan tanishdi, bemorlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan suhbatda bo‘lib, ularning kayfiyatlari bilan qiziqdi.

 

 Bemorlar bilan suhbat davomida muammolarini tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

 

Shu kuni Sh.Karimov tuman tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida ham bo‘ldi.

 

 Xususan, bemorlarning yaqinlaridan biri tug‘ruq majmuyi kutish zalida o‘z hursandchiligini bizdan yashirib turolmadi, sababi shu kuni ayoli o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan ekan. Suhbat davomida shuni angladikki, shifokorlar-kezi kelganda, har bir bemorning boshida parvona bo‘lishmoqda. Negaki, ular bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘zlari, qaynoq mehri bilan darddan forig‘ etishayotganligi, bir so'z bilan aytganda, bo‘limda faoliyat ko‘rsatayotgan bilimga chanqoq yosh shifokorlar bilan birgalikda o‘z sohasining haqiqiy bilimdoni, qo‘li em shifokorlar yuzlab bemorlarga shifo baxsh etishmoqda. Ularning sog‘ligiga sog‘lik, umriga umr qo‘shishmoqda. 
Inson salomatligini asrash va mustahkamlashdek oliyjanob ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan barcha shifokorlarimizga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, el-yurtimiz sog‘ligini saqlashdek sharafli ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар