Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » El sogʼligi – yurt boyligi АHOLI SАLOMАTLIGI YOʼLIDА

El sogʼligi – yurt boyligi АHOLI SАLOMАTLIGI YOʼLIDА

17 октябрь 2023 йил
137
0

 Sir emas, sogʼliqni saqlash tizimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʼrsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va erta aniqlash hozirgi kundagi eng dolzarb masala boʼlib qolayapti.
Аynan shu masalani yechishga koʼmaklashish, joylarda koʼrsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida "Temir daftar", "Аyollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda 3-4-guruhga kiritilgan tibbiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik tashkil etildi.

 

Tumandagi «Doʼstlik», «Gʼalaba», «Buyuk ipak yoʼli», «Olmazor», «Toshkent», “Oltinkoʼl” va boshqa mavjud mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi vakillari “NOVO MEDIKS” koʼp tarmoqli xususiy klinikasining bolalar shifokori Bunyod Xazratov, terapevt-kardiolog Sirojiddin Qaxxorov, nevropotolog Mirolim Gapparov,ortoped-travmatolog Xurshid Samatov kabi mutaxassis-shifokorlari hamda tuman tibbiyot birlashmasining malakali xodimlari huzurida boʼlib, ularning xizmatlaridan baxramand boʼldilar.

 
Tibbiy koʼrik oʼtkazish bilan birga, hozirgi vaqtda keng tarqalgan oʼpka kasalliklari, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sogʼlom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning inson salomatligiga borasidagi oʼrni haqida maʼlumotlar berildi.

 
Shu bilan birga aholiga sogʼlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya bilan doimiy shugʼullanish, zararli odatlarning salbiy oqibatlari, toʼgʼri va ratsional ovqatlanish yuzasidan ham kengroq tushuntirib oʼtildi. Bu aholining tibbiy savodxonligi hamda tibbiy madaniyatini oshirishga turtki boʼlishi shubhasiz, albatta.

 
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorida ham kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta bosqichlarda aniqlash boʼyicha maqsadli tibbiy koʼriklar va skrining tekshiruvlarini oʼtkazish belgilab berilgan, – deydi biz bilan suhbatda bolalar shifokori Bunyod Xazratov: – Oʼtkazilgan tibbiy tahlillar, yuzma-yuz muloqotlar va qilingan xulosalar xalqimizning salomatligini doimiy nazorat qilib borish zarurligini koʼrsatdi. Аyniqsa, bugungi kunda aholi orasida kasalliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish, erta aniqlash, toʼgʼri tashxis qilish va davolashda sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari oʼrtasida tuzilmaviy bogʼliqlik va oʼzaro hamjihatlikdagi faoliyatni yoʼlga qoʼyish muhim ahamiyatga ega.

Taʼkidlash joizki, bunday koʼriklar kasalliklarning oldini olishga, uni oʼz vaqtida aniqlashga hamda kerakli choralarni koʼrishga yordamlashadi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар