Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » PROTSESSUAL KODEKSIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

PROTSESSUAL KODEKSIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

30 январь 2024 йил
75
0

 Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidaGI QONUNNING MOHIYATI HAQIDA

 

Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston — yangi sud” prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 25.12.2023 yildagi O‘RQ-887-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sud ishlarini ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berilishini, ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish bosqichlari joriy etilishini, ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida qayta ko‘rilishini, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanishini, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishini, sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bunga ko`ra O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga viloyat sudlarida apellatsiya, kassatsiya va taftish tartibida quyi sudlarning qarorlari yuzasidan keltirilgan shikoyatlarni ko‘rish bosqichlari joriy etildi.

Ushbu Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqlarining kafolatlarini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini, shuningdek qonuniy manfaatlarini yanada kengroq himoya qilishga, odil sudlovdan foydalanish darajasini yanada oshirishga, sudyalarning ish hajmini hamda yuklamasini mutanosib tarzda belgilashga, sudlarning mas’uliyatini yanada oshirishga, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishiga, sud qarorlarini qayta ko‘rishda o‘rta bo‘g‘in — viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, shuningdek fuqarolarning sudlardagi ortiqcha xarajatlari tejalishiga xizmat qiladi.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha

Paxtakor tuman sudining raisi T.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар