Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » CHINAKAM ADOLATLI SUD «INSON QADRI UCHUN» G‘OYASI ASOSIDA

CHINAKAM ADOLATLI SUD «INSON QADRI UCHUN» G‘OYASI ASOSIDA

29 февраль 2024 йил
75
0

 

 «INSON QADRI UCHUN» G‘OYASI ASOSIDA CHINAKAM ADOLATLI SUD TIZIMINI SHAKLLANTIRISH HAMDA UNING FAOLIYATINI XALQ MANFAATI VA INSON QADR-QIMMATINI SAMARALI HIMOYA QILISHGA YO‘NALTIRISH

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.

Shu bilan birga «Yangi O‘zbekiston — yangi sud» tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda.

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish, sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi ishlab chiqildi.

Strategiya doirasida odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari belgilanib, unga ko‘ra:

«Inson qadri uchun» g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;

adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;

fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;

sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;

sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;

sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish;

sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish.

2023 — 2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga  olib chiqishning qisqa muddatli STRATEGIYASI O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalari belgilanib unga ko‘ra, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

«Inson qadri uchun» g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish;

adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish;

fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;

sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;

sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;

davlat nomidan sud qarorlarini qabul qilayotgan sudlar va sudyalarga, shuningdek, ularning qarorlariga nisbatan har bir fuqaroda, shu jumladan, barcha darajadagi mansabdorlarda hurmat ruhini shakllantirish;

sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otishdir.

Shuningdek, Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish. «Xabeas korpus» institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

Protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan dalillarni to‘plash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish.

Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish. Yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish. Sud ishlari bo‘yicha ayrim toifadagi nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyilini amalda ta’minlash uchun ta’sirchan mexanizmlarni yaratilmoqda.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Paxtakor tuman sudining raisi T.E.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар