Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Jizzax viloyati yuridik texnikumida jinoyat ishlari boʼyicha Jizzax shahar sudi sudьyasi Iroda Muxamedova oʼquvchilar bilan uchrashdi.

Jizzax viloyati yuridik texnikumida jinoyat ishlari boʼyicha Jizzax shahar sudi sudьyasi Iroda Muxamedova oʼquvchilar bilan uchrashdi.

27 октябрь 2023 йил
106
0

 Uchrashuvda 2023 yil 11 sentyabrda qabul qilingan "Oʼzbekiston – 2030" strategiyasi toʼgʼrisida"gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati, uning 2023 – Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlar haqida soʼz yuritildi.
Strategiyada 5 ta yoʼnalish boʼyicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. Har bir insonga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy oʼsish orqali aholi farovonligini taʼminlash, suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish hamda mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish asosiy yoʼnalishlar sifatida belgilangan.

 
– Strategiya 4-yoʼnalishning 2-bandi "Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar"ga bagʼishlangan boʼlib, unda bir qator ustuvor vazifalar belgilangan, – deydi sudьya I.Muxamedova. – Jumladan, 84-maqsad "Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish", deb nomlangan. Unda ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʼrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish, sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash kabi ustuvor vazifalar ham belgilanganki, bu maqsadlarning hayotga tadbiq etilishi aholida odil sudlovga boʼlgan ishonchning yanada oshishiga xizmat qiladi.
Аlbatta, sudlarga bevosita murojaat qilishga toʼsqinlik qilayotgan omillarni toʼliq bartaraf etish, sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini oshirish, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʼrib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning elektron shaklda kelib tushishiga erishish, shuningdek, tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan koʼrilayotgan jinoyat ishlarida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini taʼminlashga erishish yurtimizda inson qadri tobora ulugʼlanib, inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligining bir isbotidir.
Uchrashuvda sudьyalar oʼquvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар