Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich xorijlik investorlar bilan uchrashdi

Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich xorijlik investorlar bilan uchrashdi

01 март 2024 йил
126
0

 Xitoyning “Xinjiang Tarim Seed” Industry urug‘chilik kompaniyasi  Paxtakor tumanida

    O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Buning natijasi o‘laroq, joriy yilning 23-25-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida muhim hamkorlik loyihalari, amalga oshirildi. Xitoyning “Xinjiang Tarim Seed Industry” kompaniyasi vakillari tumanimizda joylashgan “Semrug‘” MCHJ urug‘chilik klasteri ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, paxtachilikda zamonaviy samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash va urug’chilik tizimiga erkin bozor mexanizmlarini joriy etish orqali hosildorlikni keskin oshirish, paxta xomashyosini yetishtirshda ilmiy innovatsion yondashuvlarni qo’llash borasida fikirlar almashildi. Shuningdek, Xitoy kompaniya vakillari tuman hokimi Asilbek Ashurov bilan suhbat o’tkazdi. Suhbat davomida ta’kidlanganidek, xitoylik mutaxassislar hozirgi vaqtda tumanidagi “SEMRUG“” urug’chilik klasteri bilan paxta hosildorligini oshirish va suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish va paxta urug’chilikni yetishtirish yuzasidan uchrashuv o’tkazildi. Ma’lumot uchun, Xitoy eng katta maydonlarda g‘o‘za parvarishlash bo‘yicha dunyoda yetakchi emas. Ammo eng ko‘p paxta xom ashyosini yetishtirish bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida birinchi o‘rinda turadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Xitoyda har gektar yerdan olinadigan hosil miqdori juda baland. Buni raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Xitoy o‘lchamida “gektar”, “sotix” o‘rniga xitoycha “mu” so‘zi ishlatiladi. Bir gektar yer salkam 15 muga teng. Xitoyda har mudan 180 kilogrammgacha hosil olinadi. Endi buni o‘zimizning gektarga taqqoslab ko‘ramiz. Buning uchun 1 mudan olingan hosilni 15 ga ko‘paytirishimiz lozim. Demak, Xitoyda bir gektar yerdan 2 ming 700 kilogrammgacha tola olinadi.  Xitoyliklar hosildorlikni o‘lchashda xom ashyoning chigitdan ajratilgan sof tola qismini tushunishini inobatga olsak, ular bir gektar yerdan qanchalik ko‘p hosil olishini chamalash mumkin. Bugungi kunda paxta Xitoyning 35 viloyatidan 25 tasida yetishtiriladi. Mamlakatda 300 millionga yaqin odam paxta yetishtirish xo‘jaliklari va uni qayta ishlash sanoatida mehnat qiladi. 

Aytish kerak, Xitoyning olib borayotgan siyosati O‘zbekiston siyosati bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

  O‘zbekiston o‘zining ishonchli hamkor ekanini har on va har yerda isbotlab turibdi. Bu yurtimizga berilayotgan haqqoniy baho. Buni xitoyliklar yaxshi bilishadi. Biznes foyda ustiga quriladi. Bugungi hamkorlar ham nafaqat foyda, balki har tomonlama suyansa bo‘ladigan chin hamkor topganlaridan mamnun. Chin so‘zi, ham qiyosiy ham ishbilarmonlik lug‘atidagi asosiy manba bo‘lib xizmat qilishga ishonishlari esa quvonarli hol.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар