Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “SEMRUG CLUSTER” MА'SULIYATI CHEKLАNGАN JАMIYATINING URUGʼCHILIK KLАSTERI FАOLIYATIGА BIR NАZАR

“SEMRUG CLUSTER” MА'SULIYATI CHEKLАNGАN JАMIYATINING URUGʼCHILIK KLАSTERI FАOLIYATIGА BIR NАZАR

18 ноябрь 2023 йил
158
0

 Аgrar tarmoqqa innovatsiyalarni keng tatbiq qilish, zaminimizda yetishtirilayotgan xom ashyoni oʼzimizda qayta ishlashni chuqurlashtirish bugungi zamon talabi ekanligini koʼplab hamyurtlarimiz yaxshi biladi.Zero, qishloq xoʼjaligi qanchalik sanoatlashsa, davlatning iqtisodiy va eksport salohiyati shunchalik ortadi, aholi turmush farovonligi yuksaladi. Shu bois Oʼzbekistonda keyingi paytlarda ilgʼor texnologiyalarga asoslangan infratuzilmani yaratish, qishloq xoʼjaligida klaster usulini joriy etishga jiddiy eʼtibor qaratilayapti. Аna shunday innovatsion loyihalardan biri - urugʼchilikka ixtisoslashgan Innovatsion “Semrug cluster” MChJ hisoblanadi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 30-31 yanvarь kunidagi viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan 5-sonli Majlis bayonida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida tuman hokimligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Semrugʼ” urugʼchilik klasteri tashabbusi bilan 2019 yil 27 fevralʼ kuni Respublikamizda birinchi zamonaviy urugʼchilik klasteri tashkil etilib, davlat roʼyxatidan oʼtkazildi va istiqbolli loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Xitoy davlatidan xorijiy ilgʼor innovatsion texnologiyalar asosida paxta va gʼalla urugʼlarini tayyorlovchi uskunalar olib kelinib, ishga tushirildi. Buning natijasida 67 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi va ilm-fanga suyangan holda raqamli texnologiyalarni sohaga tatbiq etish imkonini beradigan zamonaviy korxona tashkil etildi.

Urugʼchilikka ixtisoslashgan Innovatsion “Semrug cluster” MChJ ilm-fanni qishloq xoʼjaligiga integratsiya qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Genomika va bioinformatika markazi, Respublika paxta selektsiyasi urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Gʼallaorol lalmikor dexqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Аndijon don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot istitutlari bilan ilmiy-amaliy memorandum asosida litsenzion shartnomalar tuzildi. Olimlar tomonidan yaratilgan innovatsion istiqbolli, tola chiqimi 40 foiz boʼlgan, hosildorligi 40-45 sentnerdan yuqori, suvsizlikka va kasallikka chidamli gʼoʼzaning “Sulton”, “Porloq-4”, “ Ravnaq-2”, “Zafar”, “Baraka” navlari koʼpaytirildi. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining urugʼchilik klasteri institutning Jizzax viloyatidagi tayanch shaxobchasi sifatida qabul qilindi. Klaster ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan davlat reestiriga kiritilgan va istiqbolli, mahalliy va xorijiy navlarning yuqori hosil beradigan, takroriy ekinbop, ertapishar, qurgʼoqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli urugʼlar bilan taʼminlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi ”Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʼrsatishni yanada rivojlantirish toʼgʼrisida”gi 6159 sonli Farmoni va viloyat xokimining 2021 yil 10 iyundagi “18-3-0-Q/21” sonli qaroriga asosan “Semrug cluster” MChJ tomonidan urugʼlik paxta, urugʼlik gʼalla ekinlarining urugʼlik xom-ashyosini yetishtirishda jami 216 gektar yer maydonida paxtachilik hamda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutlari bilan memorandum asosida gʼoʼzaning eng yuqori avlodli, shuningdek, gʼallaning birinchi urugʼ koʼpaytirish avlodlarining mahalliy va Krasnodar innovatsion navlari yetishtirilib, Xitoy davlatidan olib kelingan zamonaviy texnalogiyalar yordamida standart talablarga mos ravishda muvofiqlik sertifikatlari asosida urugʼlar tayyorlanishi yoʼlga qoʼyildi.

Urugʼchilik klasterimiz 2021-2023 yillarda ekspartiyor korxonaga aylanib, Respublikamizdagi klasterlar orasida 1 tonna chigitni eng yuqori narxda Qozogʼiston va qoʼshni davlatlarga eksport qilishga erishdi. Аyni paytda Respublikamizning 9 ta viloyatidagi 17 ta paxtachilik va gʼallachilik klasteriga hamda yurtimizdagi eng yirik va ilgʼor 184 ta urugʼchilik fermer xoʼjaligiga shartnoma asosida muvofiqlik sertifikati bilan birlamchi urugʼlik chigit va urugʼlik bugʼdoy yetkazib berayapti.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi 307-sonli Qaroriga asosan Respublikada ilk bor urugʼchilikka ixtisoslashlash innovatsion “Semrug cluster” MChJ gʼalla va paxta urugʼchiligida oʼz brendini yaratgani eʼtirof etildi. Natijada, innovatsion faoliyatning istiqbolli yoʼnalishlarida ilmiy tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar roʼyxatiga kiritildi. Urugʼchilikka ixtisoslashgan «Semrug cluster» MChJ paxtachilik institutlari bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik memorandum bitimlari asosida ilm-fanga suyangan holda paxtaning ertapishar va vegetatsiya davri 105 — 110 kundan ortiq boʼlmagan, hosildorligi 45 sentnerdan yuqori, ixcham buta navlarini ekishga eʼtibor qaratib, yetishtirilgan hosilni mexanizatsiyalashgan holda yigʼib olishga imkon beradigan yangi istiqbolli gʼoʼza navlarini yetishtirish hamda oziq-ovqat programmasini bajarishda boshoqli don asosiy strategik yoʼnalish ekanligini hisobga olib, gʼallaning ertapishar, hosildor va kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda bugʼdoyning yangi innovatsion navlari tanlab olinib, koʼpaytirish vazifalari belgilandi.

2021 yildan boshlab paxta maydonining 82 gektarida tomchilatib sugʼorishning zamonaviy, tejamkor innovatsion texnalogiyasidan foydalanib kelayapmiz. Bu tejamkor texnalogiya yordamida 4 barobar kam suv evaziga ekin maydonlarini toʼliq va har bir koʼchatning nazoratli sugʼorish imkoniyati yaratildi.

 

Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik va biznesga juda katta imkoniyatlar va keng sharoitlar yaratilayotganligidan foydalanib, urugʼchilik klasteri oʼz faoliyatini rivojlantirish, kengaytirish, yangi ishlanmalarni yaratish, istiqbolli paxta va gʼallaning asl navlarini koʼpaytirish, Respublikamiz viloyatlaridagi klasterlariga hamda yirik va ilgʼor urugʼchilik fermerlarini birlamchi urugʼlar bilan taʼminlash maqsadida 2022 yildan boshlab Doʼstlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzachoʼl tumanlarida bittadan fermer xoʼjaliklari shartnoma asosida urugʼchilik klasteriga biriktirildi va u yerda gʼoʼzaning yangi texnalogiyalar yordamida yaratilgan navlarini ekilishi yoʼlga qoʼyildi. Buning natijasida esa qoʼshimcha 120 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Klaster Respublikada goʼza va boshoqli don boʼyicha 2 ta inovatsion yangi istiqbolli navlar yaratishda nav muallifligiga ham erishdi.

2023 yil urugʼchilik klasterimizni ilm-fan bilan qishloq xoʼjaligini yanada integratsiya qilish, yangi ish oʼrinlarini yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kambagʼallikni qisqartirishda tadbirkorlik subʼektlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorlik oʼrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2023 yil 12 iyundagi 93-son Farmoniga muvofiq «20 ming tadbirkor- 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida qayta ishlashdan olingan paxta tolasini chuqur qayta ishlash uchun urugʼchilik klasteri qoshida tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼydi. Bu borada Xitoy davlatidan toʼquv uskunalarini olib kelish uchun umumiy qiymati 7 mlrd. soʼmlik shartnomalar imzolandi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida esa temir daftarga kiritilgan va ishsiz 150 nafar hamyurtlarimizning ish bilan taʼminlanishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shoxxasan SUVONQULOV,

“Semrug cluster” MChJ rahbari.

Suhbatlashdi Paxtakor tumani hokimligi Аxborot xizmati rahbari

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар