Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH VA MUNOSIB MEHNAT TAMOYILLARINI KENG JORIY ETISH

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH VA MUNOSIB MEHNAT TAMOYILLARINI KENG JORIY ETISH

04 март 2024 йил
46
0

 So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish, majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishning tashkiliy, huquqiy asoslarini mustahkamlash, bu borada davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, milliy qonunchilikni odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, majburiy mehnatga barham berildi, odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirildi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilindi, xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilandi. Mamlakatimizda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi va boshqa davlatlar uchun namuna sifatida e’tirof etildi.

O‘zbekistonda munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va respublikaning barcha hududlarida ommalashtirish, mehnat munosabatlari sohasida xalqaro standartlarni keng joriy qilish hamda odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirildi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.

Milliy komissiya:

ichki ishlar vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan;

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan iborati bo‘lib, quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilangan:

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;

odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish, baholash, monitoring qilish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, xususan, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

odam savdosiga qarshi kurashish, tartibga solinmagan mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirish, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish va xalqaro mehnat standartlarini tatbiq etish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish;

odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga chek qo‘yish hamda ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya va reintegratsiya xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish;

odam savdosidan hamda majburiy mehnat holatidan keng jamoatchilikni ogohlantirishga, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilishga va ommalashtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish;

odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, mazkur sohada axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlash belgilangan .

Tayyorlangan ma’ruzalar bo‘yicha Milliy ma’ruzachi odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish bo‘yicha mamlakatimizdagi hamda mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bog‘liq vaziyatlar to‘g‘risida, ushbu sohada ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili axborot taqdim etishi;

mazkur sohalarda respublikada ko‘rilayotgan choralar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazishi;

odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng tatbiq etish tizimini yanada takomillashtirish sohasida xalqaro hamjamiyat, ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni, davlatimizga nisbatan xurujlarga qarshi tezkor munosabat bildirib borishni, shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi belgilangan bo‘lib barcha javhada odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurash olib borishni hammamiz birga kurashishimiz lozim.

 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Paxtakor tuman sudining raisi T.E.Xakimov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар