Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Bosh prokuror oʼrinbosari S.Samadov Paxtakor tumanida bo’ldi

Bosh prokuror oʼrinbosari S.Samadov Paxtakor tumanida bo’ldi

12 март 2024 йил
103
0

 Bosh prokuror oʼrinbosari S.Samadov tomonidan Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qurilishga oid davlat dasturlari ijrosi, byudjet xarajatlarini optimallashtirish va boshqa yoʼnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʼrganilmoqda.

 

Xususan, “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida Paxtakor tumanidagi bolalar sport majmuasi suzish havzasini kapital taʼmirlash va 1-2-sonli maktablarda o’quvchi soni oshganli sabab qo’shimcha bino qurilish loyihalari bilan tanishdi, loyiha-smeta hujjatlari hududiy shtablarda oʼrganilishi, mablagʼlarni iqtisod qilish choralari koʼrilishi, shu bilan birgalikda ortiqcha ish turlarini chiqarilishi obʼektning yakunlanmay qolishiga sabab boʼlmasligi lozimligi, ishlarni sifatli bajarilishini doimiy nazorat qilib borish haqida topshiriqlar berildi.

 

Byudjet xarajatlarini optimallashtirish haqidagi topshiriq ijrosi tumandagi Bolalar sport majmuasi, markaziy kutubxona, “Monomarkaz”, veterinariya bo’limi, 14-sonli musiqa maktabi hamda “Barkamol avlod” majmuasida boʼlib, bu borada tashkil etilgan ishlar boʼyicha masʼullarning hisoboti eshitildi.

 

Soʼngra, tumandagi “Olmazor” mahallasida koʼp qavatli turar-joylar qurilishi bilan tanishilib, ushbu xonadonlarni qurilishi ham sifat jihatidan, ham narx jihatidan qulay boʼlishi, buning uchun ushbu yoʼnalishda “yashirin iqtisodiyot” rolini keskin kamaytirish lozimligi, bu esa oʼz navbatida aholini davlat idoralariga boʼlgan ishonchi ortishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

 

Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, bu borada “mahalla yettiligi” faoliyatini oʼrganish maqsadida “Doʼstlik” mahallasida boʼlib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar boʼyicha masʼullarning hisoboti eshitildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар