Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Qanday mavsumiy ishlarda va sanoatning mavsumiy tarmoqlarida toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadi

Qanday mavsumiy ishlarda va sanoatning mavsumiy tarmoqlarida toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadi

13 март 2024 йил
80
0

 Quyidagi mavsumiy ishlarda va sanoatning mavsumiy tarmoqlarida toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadi:

  1. Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:
  2. a) paxtani quritish;
  3. b) paxtani tozalash;
  4. v) paxtani yuklash, tushirish;
  5. g) paxtani pnevmotransportga ortish;
  6. d) quritish-tozalash sexini yigʼishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.
  7. Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.
  8. Ipakchilik tarmogʼi korxonalari va fermer xoʼjaliklaridagi ishlar:
  9. a) tut urugʼi tayyorlash;
  10. b) tut nihollari va tut koʼchatlari yetishtirish;
  11. v) tut ipak qurti urugʼlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
  12. g) tut ipak qurtini parvarishlash;
  13. d) tirik va quruq pillani saralash;
  14. ye) tirik pillani quritish;
  15. j) pillani qoʼl kuchi yordamida tashish;
  16. z) pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
  17. i) urugʼchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
  18. k) tut ipak qurti urugʼlarini mikrotahlildan oʼtkazish;
  19. l) tut ipak qurti urugʼlariga ishlov berish;
  20. m) tut ipak qurti urugʼlarini qishlash davridagi ishlar;
  21. n) tut ipak qurti urugʼlarini qadoqlash va yorliqlash.

 

Pensioner I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʼlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har 2 yilda 1 marotaba qayta hisoblab chiqiladi.

Bunda pensiyani qayta hisoblash "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisidagi" Qonunning 17-moddasida (https://lex.uz/docs/112314#127103) koʼrsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Masalan, Qonunning 17 moddasiga muvofiq ish staji 7 yil boʼlgan 35 yoshdagi nogironligi boʼlgan shaxsga nogironlik pensiyasi tayinlandi. Ushbu shaxs unga pensiya tayinlangandan soʼng kamida 1 yil davomida ishlagandan soʼng oʼz pensiyasini qayta hisoblash uchun ariza berish huquqiga ega boʼladi.

 

Pensiya jamgʼarmasi Paxtakor tuman boʼlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар