Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda yangilаnish vа yashаrish аyyomi NАVROʼZ bаyrаmi nishonlаndi

Paxtakorda yangilаnish vа yashаrish аyyomi NАVROʼZ bаyrаmi nishonlаndi

16 март 2024 йил
111
0

 Tumanimiz markazida erta tongdan karnay-surnay sadolari yangrab, el-ulusni bayram shodiyonalariga chorladi.

Har galgidek joriy yilda ham Navroʼz bayramiga bagʼishlangan tadbir mavjud mahallalar, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari tomonidan azaliy urf-odatlarimizga muvofiq dasturxon bezatish bilan boshlandi. Dasturxonga tortilgan bahoriy taomlar, shirmoy kulchalar-u patirlar, halim va sumalak kabi turli-tuman shohona neʼmatlari bilan ajdodlar anʼanasiga nisbatan qalblarda surur, dillarda gʼurur hislarini junbushga keltirgan tadbir betakror goʼzallikni oʼz liboslarida jam etgan kelinchaklarning salomlari bilan yanada qiziqarli tus oldi.

Navroʼz umumxalq bayrami “Olam nurga toʼlsin sen bilan, Navroʼz!” degan bosh gʼoyasi ostida tashkil etilgan umumxalq saylida soʼz olgan tuman hokimi Аsilbek Raxmonovich Аshurov bayram qatnashchilarining barchasini va ular timsolida tumanimiz ahlini yangilanish va yasharish ayyomi-Navroʼz bayrami bilan qizgʼin muborakbod etdi.

– Ming yillar oldin ota-bobolarimiz bu ulugʼ ayyomni qanday pok niyat va yorugʼ umidlar bilan kutib olgan boʼlsalar, bugun ham xalqimiz mana shunday baland kayfiyat bilan Navroʼzga peshvoz chiqmoqda, - dedi tuman hokimi.

-Yurtimizda Yangi Oʼzbekistonni barpo etish va inson qadrini ulugʼlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar, xalqimizning hayoti, dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy oʼzgarishlar Navroʼzning azaliy qadriyat va anʼanalari bilan muvofiq tarzda kechayotgani bugungi obodlikda, farovonlikda oʼz aksini topmoqda.

Shundan soʼng badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʼquvchilarining chiqishlari, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan el ardogʼidagi sanʼatkorlar Doston Ergashev hamda O’lmos Ollaberganov hamda yoshlar tomonidan ijro etilgan xalq ogʼzaki ijodi termalaridan namunalar, ona-Vatanni, tinchlikni, obod va ozod yurtimizni madh etuvchi kuy-qoʼshiqlar barchaga quvonch ulashdi.

 

Bir necha millat vakillari istiqomat qilayotgan tuman aholisi bagʼrikengligi, mehmondoʼstligi bilan ham eʼtiborlidir. Аyni damda millatlararo doʼstlik, hamjihatlikni Navroʼz tantanalarida ham yaqqol koʼrish mumkin. Tadbirda turli millat vakillari oʼz milliy taomlari bilan birgalikda sumalak, koʼk somsa kabi oʼzbek taomlarini tayyorlashni ham puxta oʼzlashtirishib olishganini guvohi boʼldik.

Bayram tadbirida sumalak sayillari, milliy kurash va arqon tortish, lapar va aytishuvlar kabi milliy qadriyatlarimiz namunalariga ham keng oʼrin berildi. Ushbu musobaqalarda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʼlgan ixtiyoriy ishtirokchilar ham qatnashdilar. Bayram koʼtarinki ruhda oʼtdi. Keksalar toʼkin dasturxon atrofida oʼtirib, yurtimiz tinchligi, farzandlarimiz omonligi, dehqonchiligimiz barakasi uchun duoga qoʼl ochdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakor mahallalarida duv-duv gap shiori ostida tadbir
23 январь 2024, Вторник
Paxtakor mahallalarida duv-duv gap shiori ostida tadbir
YANGI YIL BAYRAM TADBIRI BOLAJONLARGA QUVONCH BAXSH ETDI
28 декабрь 2023, Четверг
YANGI YIL BAYRAM TADBIRI BOLAJONLARGA QUVONCH BAXSH ETDI
Paxtakorda «Sumalak sayli» bo’lib o’tdi
03 апрель 2023, Понедельник
Paxtakorda «Sumalak sayli» bo’lib o’tdi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар