Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda «Sumalak sayli» bo’lib o’tdi

Paxtakorda «Sumalak sayli» bo’lib o’tdi

03 апрель 2023 йил
192
0

 Tuman_Madaniyat_bo‘limida «Sumalak sayli» milliylikka burkandi. Ushbu sumalak saylida urf-odat va qadriyatlarimizni kelajak yoshlarga yetkazish va ularga o’rgatish, kabi bir qancha tadbirlar tashkil qilindi

Bahor chinakam uyg‘onish faslidir. Bu faslda barcha daraxtlar gullab, qiyg‘os ochiladi. Uning o‘zgacha tarovati bor. Аjdodlarimiz Navro‘z bayramiga atab, turli bayram ashulalar, laparlar aytishgan, har xil sport o‘yinlarini tashkillashtirilib sovrinlar berilgan.

Kitobxonliklar uyushtirilib yosh avlodning maʼnaviyatini va madaniyatini oshirishga yuksak hissa qo‘shilgan.

Navro‘z-mehnatsevarlik, mehr-muruvvat, insonparvarlik bayramidir. Bu kunda keksalar, yolg‘izlar, nogironlar va ota-ona, qarindoshlar yo‘qlanadi. Kishilar bir-biriga sovg‘alar ulashib, shirinliklar hadya qilishadi. Milliy va darmonga boy taomlarimiz sumalak, halim, ko‘k somsayu-chuchvaralar pishiriladi.

Sharq xalqlariga mos va xos bo‘lgan milliy bayramlarimizdan biri bo‘lgan Navro‘z asrlar davomida nishonlanib kelinmoqda. Paxtakor tumanida ham bu bayram o‘zgacha bir shukuhda o‘tkazildi.

Shu kun tuman madaniyat markazida sayil shukuhi ufurib turdi. Sayilda tumandagi nuroniy otaxonu-onaxonlar, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, ko‘chaboshlari, xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida “Har kuning bo‘lsin Navro‘z, jonajon O‘zbekistonim!” mavzusida qadriyatlarimiz yanada esga olinib ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар