Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

06 апрель 2024 йил
72
0

 Muborak Ramazon oyining maʼnaviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi oʼrni va ahamiyati beqiyos. Ushbu oyda eʼtiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos maʼnaviy qadriyat hisoblanadi.

Shu bois ham, Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar holidan xabar olinib, iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Paxtakor tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.

Paxtakor tumani hokimligi, “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga nuroniy otaxon va onaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, "Аyollar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar vakillari taklif etildi.

Iftorlik yakunida “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Iftorlik dasturxonida yoshi ulugʼ otaxonu onaxonlar duoga qoʼl ochib, yurtimizga tinchlik, elimizga omonlik, xonadonlarga baraka soʼrashdi, koʼrsatilgan hurmat-ehtirom uchun minnatdorlik bildirishdi.

Iftorlikda ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʼzgʼorimizga baraka, dehqonlarimizga moʼl xosil tilab, duo qilishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар