Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda tuman “Hokimi kubogi” o’tkazildi

Paxtakorda tuman “Hokimi kubogi” o’tkazildi

18 апрель 2024 йил
71
0

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr PF-5887-son “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” va 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash hamda 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʼlab quvvatlash” yili munosobati bilan korxona, tashkilot va idora xodimlari oʼrtasida sportning mini futbol turidan “Hokim kubogi” sport musobaqasini oʼtkazildi.

Sport musobaqasi tumandagi korxona, tashkilot va idora xodimlarini jismoniy yetuk va ahloqiy barkamol, vatanga sadoqat ruhida komil inson qilib tarbiyalash, jismoniy tarbiya, sogʼlomlashtirish va ommaviy sport turlariga qiziqishi va eʼtiborini kuchaytirish, xodimlarning boʼsh vaqtlarini toʼgʼri va mazmunli tashkil etish, jamoa boʼlib xarakat qilish, gʼalabaga intilish ishtiyoqlarini kamol toptirish, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish va samaradorligini oshirish maqsadida oʼtkazildi.

Avval xabar berganimizdek, Paxtakor tumanidagi korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tuman Hokimi kubogi musobaqasi o‘tkazilishi belgilan edi.

Bugungi kunda mazkur musobaqa ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in bahslar olib borildi. Saralash musobaqalarida 40 dan ortiq tashkilot va idora xodimlari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan mazkur musobaqalar natijalariga ko’ra: I-o’rin 2:1 xisobda 9-umumiy o’rta ta’lim maktab jamoasi qo’lga kiritgan bo’lsa, II-o’rin Tuman tibbiyot birlashmasiga nasib qildi. III-o’rin 7:2 xisobda 3-umumiy o’rta ta’lim maktab jamoasiga nasib etdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida mini futbol bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Qiziqarli o‘tgan bellashuvda ko’chma “Hokim kubogi”ni tuman hokimi 9-umumiy o’rta ta’lim maktab jamoasiga topshirda hamda musobaqada faol ishtirok etgan barch jamoa vakillariga tuman hokimi tomonidan esdalik medallar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар