https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Tomorqadan unumli foydalanish oilalar faravonligini oshiradi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tomorqadan unumli foydalanish oilalar faravonligini oshiradi

Tomorqadan unumli foydalanish oilalar faravonligini oshiradi

10 июнь 2024 йил
85
0

 Tomorqadan oqilona foydalanishda gap katta. Aslida bilganga tomorqa koni foyda. Toʻgʻrisi, ilgari koʻpchilik bunga eʼtibor bermasdi. Baʼzi xonadonlardagi yerlarning oʻt bosib yotishi ham sir emasdi. Endi esa bu yumush davlat siyosati darajasida koʻtarildi.

Paxtakor tumani hokimining birinchi o’rinbosari Sherzod Shodmonov boshchiligida tuman hokimligi, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlikka qiziqgan fuqarolar ishtirokida, Bog’ishamol mahallasidagi issiqxonalarga PRESS TUR tashkil etildi.

Paxtakor tumanining “Bog’ishamol” mahallasida istiqomat qiluvchi Jamshidbek Ahmedovlar xonadonida qariyib 20 sotixdan ortiq issiqxona tashkil etilgan. Bugungi kunda pishib yetilgan pomidorlarni terish ishlari olib borilmoqda.

– Hududimizdagi fuqarolar mehnatkash, qariyb 90 foizdan ortigʻi tomorqadan katta daromad oladi. Shu bois, toʻq yashashadi. Bizda deyarli kam taʼminlangan oilalar yoʻq, – deydi faxr bilan xonadon egasi.

 

Jumanov Bahrom aka ham o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotganlardan biri. 4 sotix yerga issiqxona tashkil etgan. Unda ham Jamshidbek tavsiyalari orqali pomodor ko’chatlari parvarish qilinmoqda.

 – Agar har bir oila o‘z tomorqa xo‘jaligidan unumli foy­dalansa, yurtimiz bo‘yicha kam ta’minlangan oilaning o‘zi qolmaydi, –  deydi Jumanov Bahrom aka – O‘zimdan qiyos. Har yili tomorqamdan yigirma milliondan ortiq daromad olaman. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham o‘zimizdan chiqadi. Shu bois kelgusi yildan boshlab issiqxonamni yanada kengaytirishni niyat qilyapman.

Paxtakor tumanida tadbirkorlikka qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlar aniqlanib, ularga o‘z bizneslarini boshlashlari uchun zarur ko‘rsatmalar berilmoqda. Mazkur loyiha bugungacha mingga yaqin yurtdoshimizni tadbirkorlikka jalb etish, qo‘shimcha daromad topib, turmush faravonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Paxtakorda yoshlarga yer ajratish ishlari davom etmoqda
29 апрель 2024, Понедельник
Paxtakorda yoshlarga yer ajratish ishlari davom etmoqda
Hokim o’rinbosari fuqarolar bilan qabul o’tkazdi
19 январь 2024, Пятница
Hokim o’rinbosari fuqarolar bilan qabul o’tkazdi
To‘qsonbosti – daromadli usul
25 сентябрь 2023, Понедельник
To‘qsonbosti – daromadli usul
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303