slot gacor
slot gacor
https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/gacor/ https://eoagold.id/data/gacor/ https://eoagold.id/data/qris/ https://jdih.beraukab.go.id/file/gcr/ https://radarlombok.co.id/lmb/pulsa/ https://eoagold.id/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/pulsa/ https://sicaker.madiunkota.go.id/images/data/dana/ https://pamekasan.polinema.ac.id/data/qris/ https://pamekasan.polinema.ac.id/img/gacor/
https://oic.umsu.ac.id/wp-content/themes/jnews/temp/
https://siinka.unusidoarjo.ac.id/user/
https://tbm.fk.ui.ac.id/sample/
 “Firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari” » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » “Firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari”

“Firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari”

18 июль 2024 йил
66
0

 Mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish mustaqil Respublikamizning asosiy yo‘nalishiga aylandi. Bunda asosiy e’tibor inson huquqlarining samarali himoya qilishning kafolati sifatida sud xokimiyati obro‘sini oshirish, sudlarning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlash, ularni jazolovchi organdan qonun ustuvorligini ta’minlovchi, oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirishga, hokimiyatning alohida uchinchi tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini qayta ko‘rib chiqish va demokratlashtirishga qaratilib, sudlar  ixtisoslashtirildi, fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi.

Sud-huquq tizimini isloh qilish mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishining muhim tarmog‘i hisoblanib, bunda asosiy e’tibor inson huquqlarining samarali himoya qilishning kafolati sifatida sud xokimiyati obro‘sini oshirish, sudlarning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlash, ularni jazolovchi organdan qonun ustuvorligini ta’minlovchi, oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirishga, hokimiyatning alohida uchinchi tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini isloh qilish va demokratlashtirishga qaratilgandir.

Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish maqsadida “Mening mahallam -  mening sudyam” g‘oyasi asosida barcha sudyalarni o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tuman (shahar) hududidagi mahallalarga doimiy biriktirish, ularda mavjud huquqiy muammolarni o‘rganish va tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar, ochiq muloqotlar o‘tkazish shular jumlasidandir.

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Firibgarlikka oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2017 yil 11oktabrdagi 35-sonli qarori 4-bandiga ko‘ra: “Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushunilishi” belgilangan.

Firibgarlik jinoyati o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan haq to‘lamay egallashda ifodalanib, buning ta’sirida mulk egasi yoki boshqa shaxs yoxud vakolatli hokimiyat organi mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo‘lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo‘yilishiga imkoniyat beradi.

Agar shaxs o‘zganing mulkini egallashga nisbatan qasd aybdorda mulk qabul qilingandan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etmaydi va muayyan holatlarni inobatga olgan holda o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish (masalan, shaxsning o‘ziga xo‘jalik yuritish, operativ boshqarish, ishonchli boshqarish, yetkazib berish, saqlash, realizatsiya qilish va h.k. maqsadida qonuniy berilgan mulkni qonunga xilof tarzda va haqini to‘lamay o‘zining yoki boshqa shaxsning mulkdorligiga qaratishi) sifatida baholanishi lozim.

Firibgarlik jinoyati O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasiga muvofiq firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulk egasi yoki boshqa shaxsga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yohud mulk egasi yoki boshqa shaxsni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi.

Firibgarlikda ishonchni suiiste’mol qilish deganda, aybdor tomonidan mulk egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan boshqa shaxslar bilan bo‘lgan ishonchli munosabatlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqei yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urug‘lik munosabatlari sabab bo‘lishi mumkin.

Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar (masalan, qonunga muvofiq tuzilgan qarz, kredit, arenda, prokat, pudrat, omonat saqlash va h.k.)ni bajarmaganlik uchun javobgarlik, basharti shaxsninig harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolik qonunchiligi normalari bo‘yicha kelib chiqadi.

O‘zganing pul mablag‘larini o‘g‘irlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, agar naqd pul mablag‘lari bankomat vositasida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘zganing mulkini o‘g‘irlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Biroq o‘zganing bankdagi hisobida turgan pul mablag‘larini o‘g‘irlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, faqat shaxs kredit, savdo yoki servis tashkilotining vakolatli xodimini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan yanglishtirgan holdagina (masalan, savdo yoki servis markazida tovarlarga yoki xizmatlarga haq to‘lash uchun bank kartasidan foydalangan holda shaxs xarid chiptasiga kartaning qonuniy egasi o‘rniga imzo qo‘yadi yoki uning nomiga qalbakilashtirilgan pasport taqdim etadi) firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Ijtimoiy to‘lov, nafaqa, boshqa pul to‘lovlari (masalan, kompensatsiyalar, sug‘urta to‘lovlari)ni yoki boshqa mulkni sodir bo‘lishi qonunga ko‘ra to‘lovlar yoki mulkni olish uchun asos bo‘ladigan holatlar mavjudligi (jumladan, oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga joylashtirish imkoniyati yo‘qligi, sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi) to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari, muassasa yoki tashkilotlarga, bila turib, yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish yo‘li bilan olish firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 11 oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, firibgarlik o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qonunga xilof ravishdava tekin qo‘lga kiritishda ifodalanib, buning ta’sirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo‘lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo‘yilishiga imkoniyat beradi.

Shuningdek, firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga ma’lum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi.

 

 Jinoyat ishlari bo‘yicha

Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303